Breaking News

Iqlim: Varshavada ikki haftalik xalqaro anjuman va'dalar bilan yakunlandi


Konferensiya paytida uyushtirilgan namoyishlarda jahon rahbarlari tanqid qilindi
Konferensiya paytida uyushtirilgan namoyishlarda jahon rahbarlari tanqid qilindi
Ikki hafta davomida 190 dan ziyod davlat vakili Polsha poytaxti Varshavada yig’ilib, ilqim o’zgarishi masalasini muhokama qildi. BMT tashkil etgan bu anjumanda jiddiy natijaga erishilmagan bo’lsa-da, har bir davlat atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmini kayamtirish rejasini ishlab chiqishni va’da qildi.

Iqlimdagi o'zgarishlar/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
Yuklab oling

Varshavada yig’ilgan delegatlar 2015-yil Parijda imzolanishi kutilayotgan yangi bitim yuzasidan kelisha olmadi, deydi Tabiat muhofazasi jamg’armasi vakili Anni Petsonk:

“Uchrashuv tarqab ketmagani o’zi bir yutuq. Hech qanday muhim natijaga erishilmagani rost, biz buni kutmagandik ham. Aslida uchrashuv “ishni davom ettirish kerak” kabi ruhda o’tishi kerak, degandik”.

Ikki hafta davom etgan muzokaraga qaramay, delegatlar global iliqlashuvga sabab bo’layotgan zararli gazlarni atmosferaga chiqarishga chek qo’yishning muddatini belgilay olmadi, deydi Petsonk.

“Ikkinchi masala shundaki, boy mamlakatlar kambag’al mamlakatlarga zararli gazlar hajmini kamaytirish va iqlim o’zgarishiga moslashish uchun qancha moliyaviy yordam ajratishga tayyor? Bular bir-biriga bog’liq masalalar. Afsuski, uchrashuvda jiddiy natijaga erishilmadi”.

Umidlari puchga chiqqanlar kambag’al mamlakatlar bo’ldi, chunki Varshavadagi uchrashuvda 2020-yilga borib boy davlatlar ularga yiliga 100 milliard dollar ajratishi haqdagi va’da ijrosi noaniqligicha qoldi.

So’nggi yilda havoni bulg’ash masalasida Xitoy birinchi o’ringa chiqdi va AQShdan o’zib ketdi. Ammo u hamon rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. Shu sababli Pekindan bunday gazlar hajmini kamaytirish talab qilinmaydi. Bu davlat Iqlim o’zgarishi haqdagi Kioto protokolini ham imzolamagan. Yangi bitimda Xitoy muhimroq rol o’ynashiga umid qilaman, deydi Petsonk:

“Xitoyni global urinishlarda muhim rol o’ynashga majbur qilayotgan omillar bor. Birinchi navbatda iqlim o’zgarishi bo’lsa, ikkinchidan havoni ifloslash Xitoyning katta shaharlarida juda katta muammoga aylangan va aholi uchun zarar ”.

Varshavada jiddiy natijaga erishilmagani ko’pgina faollarni ranjitdi. Tabiat muhofazasi bilan shug’ullanadigan 800 tashkilot, shu jumladan, “Greenpeace” va Yovvoyi hayot jamg’armasi norozilik tariqasida uchrashuvni tark etdi. Petsonk deydiki, bunga qaramay, ko’plar, xususan, uning Tabiat muhofazasi jamg’armasi muzokaralarni davom ettirdi.

“Biz BMTning Iqlim o’zgarishiga oid xalqaro konvensiyasidan maksimal darajada foyda olishga harakat qilyapmiz, ayni vaqtda bu yagona hujjat emasligini tushunamiz. Iqlim o’zgarishini to’xtatishga harakat qilayotgan hukumatlar boshqa hujjat va forumlar doirasida hamkorlik qilishi mumkin. Varshavada 190 dan ziyod davlat vakillarining uchrashishi shunday urinishlarning bir ko’rinishi. Ayni vaqtda kichikroq ko’lamda hamkorlikni yo’lga qo’yayotgan davlatlarning boshqa uchrashuvlari ham bor”.

Varshavada erishilgan bir ijobiy natija o’rmonlarning kamayishi va yerlar hosildorligining yo’qolishiga qarshi kelishuv bo’ldi. U xalqaro hamjamiyatga dalda beradi, deydi Petsonk va davlatlar iqlim o’zgarishi oldini oladigan reja ishlab chiqishiga umid bildiradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG