Xillari Klinton Vashingtonda yaqin sharqlk faollar bilan uchrashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton yaqin sharqlik faollar bilan Davlat departamentida, may, 2012-yil

AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton yaqin sharqlik faollar bilan Davlat departamentida, may, 2012-yil

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton inson huquqlari va demokratiya bilan shug'ullanuvchi yaqin sharqlik faollar bilan Davlat departamentida uchrashib, Qo'shma Shtatlar qanday yordam berishi mumkinligi haqida tavsiyalar so'radi.

"Haqiqiy demokratiya, inson huquqlari, taraqqiyot va erkinlik yo'lidagi sa'y-harakatlaringizni qo'ldan kelgancha qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. Sizlar uchun bu oson ish emas. Bu haq yo'l va tarix buni qayta va qayta isbotladi", - deydi Klinton.

Uchrashuvda so'nggi bir yilda yirik siyosiy o'zgarishlarni boshdan kechirgan Misr, Liviya, Tunis va Yaman hamda Jazoir, Iordaniya, Quvayt, Marokash, Livan, Qatar va Falastindan faollar ishtirok etdi.

Klintonning aytishicha, Suriya xalqi ham Tunis, Misr, Liviya va Yaman fuqarolari kabi erkin yashashga haqli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG