Xillari Klinton Osiyo-Tinch okeani bo'ylab safarda

  • Amerika Ovozi

Osiyo bo’ylab safar qilayotgan Amerika tashqi ishlar vazirasi nazarida mintaqa va Qo’shma Shtatlar savdo ko’lamini oshirishi lozim. Buning uchun bozorni ochish, cheklovlardan qutulish kerak.

Osiyo bo’ylab safar qilayotgan Amerika tashqi ishlar vazirasi nazarida mintaqa va Qo’shma Shtatlar savdo ko’lamini oshirishi lozim. Buning uchun bozorni ochish, cheklovlardan qutulish kerak.

Qo’shma Shtatlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasida mavqeini mustahkamlash qarorida qat’iy.

"Regionni iqtisodiy jihatdan qo’llab, xavfsizlikni ta’minlab, demokratiyani mustahkamlashda yordamni ayamaymiz",- deydi Davlat kotibasi Xillari Klinton.

Osiyo bo’ylab safar qilayotgan Amerika tashqi ishlar vazirasi nazarida mintaqa va Qo’shma Shtatlar savdo ko’lamini oshirishi lozim. Buning uchun bozorni ochish, cheklovlardan qutulish kerak, deydi u.

Klinton ayniqsa Xitoyni biznes muhitni yaxshilashga, Amerika sarmoyasi uchun kengroq imkoniyat yaratishga chaqirmoqda.

Ayrimlar nazarida Xitoy va Qo’shma Shtatlar manfaatlari tubdan farq qiladi va hamkorlik mantiqqa zid. Ayniqsa, Pekinning valyuta siyosati orani buzmoqda. Klinton bu fikrga qo’shilmaydi.

"Qo’shma Shtatlar Xitoyni yaqin siyosiy, iqtisodiy ittifoqchisi deb biladi va unga tayanadi", - deydi u.

Klintonning aytishicha, AQSh-Xitoy aloqalari g’oyat murakkab. Har bir qaror ortida nafaqat region, balki butun dunyo manfaatlari turadi. Obama ma’muriyati munosabatlar barqaror kechishini istaydi, deydi u.

Jahon ustuni sanalmish ikki davlat, deydi vazira, global muammolar, jumladan, Shimoliy Koreya, Eron kabi yurtlarning provokatsion xatti-harakatini jilovlashi kerak.

Valyuta masalasida esa Xitoy o’z siyosatini o’zgartirib, milliy valyutasi yuan nazoratini bo’sh qo’yadi, AQSh mahsuloti va intellektual mulki uchun adolatli muhit hozirlaydi degan umiddamiz, deydi Klinton.

Xillari Klinton inson huquqlari masalasida ham alohida to’xtaldi. "Osiyoda haq-huquq, demokratik qadriyatlarni qo’llab-quvvatlaymiz, bundanda ustun ne’mat yo’q",- deydi u.

AQSh tashqi ishlar vazirasi ertaga Xitoyda bo’lib, so’ng Kambodja, Malayziya, Papua Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya va Avstraliyaga ham yo’l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG