Ozarbayjon-Armaniston chegarasi notinch, Klinton Bokuda bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Xillari Klinton prezident Ilhom Aliyev bilan suhbatda inson huquqlariga hurmat masalasini ham ko'tardi

Xillari Klinton prezident Ilhom Aliyev bilan suhbatda inson huquqlariga hurmat masalasini ham ko'tardi

Janubiy Kavkaz bo’ylab safar qilayotgan Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Ozarbayjonda bo’ldi.

Joriy hafta Ozarbayjon-Armaniston chegarasida qurolli to’qnashuvlarda sakkiz askar halok bo’lgan edi. Besh nafari ozarbayjonlik, uch nafari armanistonlik.

Oxirgi oylarda kuzatilgan eng qonli ixtilof bu. Klinton tomonlarni tinchlikka da’vat etmoqda.

Davlatlar Tog’li Qorabog’ ustida, Ozarbayjon sarhadlarida joylashgan, aholisi asosan armanlardan iborat hudud borasida talashib keladi va bir-birini janjalni birinchi boshlaganlikda ayblaydi.

Tomonlar 20 yil oldin urushdan ham o’tgan edi.

Klinton Ozarbayjonda besh soat to'xtab, inson huquqlari masalasini ham ko'tardi.

"Hukumatni fuqarolarning fikr bildirish huquqini hurmat qilib, o'z qarashlarini ochiq bayon qilgani uchun qamoqqa tashlanganlarni ozod etishga chaqiramiz", - dedi Amerika bosh diplomati prezident Ilhom Aliyev bilan suhbatda.

Tanqidlarga rasmiy Baku mamlakatda so'z erkinligi e'zozlanadi, muxolif matbuot bemalol faoliyat yuritmoqda, deya javob qilib keladi.

AQSh Davlat departamentining o'tgan oy e'lon qilingan inson huquqlari yillik hisobotiga ko'ra, Ozarbayjonda adliya tizimi erkin emas, fuqarolar siyosiy qarashlari uchun qamalib ketadi, hibsdagi qiynoqlar keng tarqalgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG