Klinton: Liviyada konsullikka hujum uchun men javobgarman

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton o’tgan oy Liviyada AQSh konsullik xizmatiga uyushtirilgan hujum uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga oldi.


"Davlat departamentining rahbari sifatida diplomatik inshootlar va ularda ishlovchi 60 mingdan ziyod xodim xavfsizligini ta’minlashga men javob beraman", - dedi Klinton.

Ma’lumki, Bing’ozi shahridagi voqeada Amerikaning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens va konsullikning yana uch xodimi o’lgan edi.

Bu hol prezident saylovlariga tayyorgarlik ko’rayotgan respublikachilardan nomzod Mitt Romniga qo’l keldi.

U prezident Obamani konsullik xavfizligini yaxshi ta’minlamaganlikda aybladi.

Klintonning aytishicha, Bing’ozidagi hujumga siyosiy tus berib, undan saylov kampaniyasida foydalanish noto’g’ri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG