Xillari Klinton Markaziy Osiyoda parlament demokratiyasi ish berishiga ishonadi


Xillari Klinton Markaziy Osiyoda parlament demokratiyasi ish berishiga ishonadi

Xillari Klinton Markaziy Osiyoda parlament demokratiyasi ish berishiga ishonadi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Ostonada o’tgan anjumanida regional masalalar qatorida Qirg’izistondagi vaziyat ham keng muhokama qilingan.

Sammitda ishtirok etgan AQSh davlat kotibasi Xillari Klinton Qirg’izistonga tashrifi chog’ida bu mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni olqishladi.

Demokratik davlat shakllanishida inson huquqlariga e’tibor hamda fuqaro jamiyati asoslarini mustahkamlash zaruriyatini eslatdi.

Ostonadagi anjumanda Qirg’izistondagi vaziyatni yumshatish borasida takliflar yangradi. Masalan, Turkiya prezidenti Abdulla Gul qardosh o’lka huquq-tartibot tizimlariga yordam tariqasida turk politsiya guruhini yuborishga tayyorligini bildirgan.

Ayni paytda, rasmiy Toshkent vakili Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti janubiy Qirg’izistondagi qonli voqealarning oldini olishda ijobiy rol o’ynay olmaganini ta’kidlagan.

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov nazarida, bunday vaziyatlarda milliy ozchiliklar manfaatlarini muhofaza qilish mexanizmini ishlab chiqish darkor. Bu voqealar buyurtmachilarini javobgarlikka tortish zarur, deydi u.

Xillari Klinton va Roza Otunbayevaning Bishkekdagi uchrashuvida qator masalalar, jumladan mamlakatdagi vaziyat, parlament boshqaruv tizimi, qo’shni Afg’onistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlik muhokama qilingan.

Yuqori darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Qirg’iziston taraqqiyotida qanday istiqbollar ochilishi mumkin? Tafsilotlarni audio lavhadan tinglang.

XS
SM
MD
LG