Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadlari, Tojikiston ziyolilari fikri


Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadlari, Tojikiston ziyolilari fikri

Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadlari, Tojikiston ziyolilari fikri

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Afg’oniston va Pokistonda keng doirali muzokaralar ketidan Tojikistonga yo’l olgan edi. Dushanbeda bu davlat rahbariyati va jamoatchilik vakillari bilan muloqot qildi.

Ayni damda Klinton Toshkentda. Prezident Islom Karimov va boshqa rasmiylar bilan uchrashishi kutilmoqda.

Asosiy mavzu - Afg’onistondagi vaziyat va bu boradagi hamkorlik bo’ldi. Lekin ziyolilar nazarida, Klinton xonim bu tashrifi bilan AQShning Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlashga urinmoqda.

Dushanbeda prezident Emomali Rahmon va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashgan Klinton AQSh-Tojikiston aloqalari va regional muammolarni muhokama etgan.

Tojikiston Islomiy Uyg’onish partiyasining So’g’d viloyati raisi Hoji Naimjon diplomatning respublikaga safari ortidagi asosiy masala Afg’oniston emas deb hisoblaydi.

“Hozir Rossiya bosh vaziri Yevrosiyo ittifoqini tashkil qilaman deyapti. Shunga mumkin bu bir daxolat qiladiki, Markaziy Osiyodagi davlatlar unga qo’shilmasin deb. Mumkin, shu qarorga ta’sir yetkazib ketadi”, - deydi partiya vakili.

Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadlari, Tojikiston ziyolilari fikri

Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadlari, Tojikiston ziyolilari fikri

Jamiyatshunos Akrom Boboyev fikricha, AQSh davlat kotibining safari chog’ida asosiy diqqat Afg’onistonda bo’ladi, lekin boshqa masalalar ham muhokama qilingan bo’lishi mumkin.

Uning aytishicha, Xillari Klintonning Liviya, Pokiston va Afg’onistonga safaridan so’ng Tojikistonga kelishi va O’zbekistonga o’tishi AQSh ma’muriyatining mojaroli regionlarda o’z mavqeini mahkamroq o’rnatish harakatini ko’rsatadi.

“Asosiy masala, albatta, Afg’oniston muammolari. Chunki Amerika harbiylari u yerdan chiqishi uchun shimoliy yo’l xatarsiz hisoblanadi. Asosiy yo’llar esa ko’proq Tojikiston va O’zbekistondan o’tadi”, - deydi Akrom Boboyev.

Rossiyaning Markaziy Osiyoga ta’siri katta ekani va Vladimir Putinning yangi loyihalarini eslatgan jamiyatshunos bu mavzu o’rtada albatta muhokama qilingan deb hisoblaydi.

Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadlari, Tojikiston ziyolilari fikri

Amerikaning Markaziy Osiyodagi maqsadlari, Tojikiston ziyolilari fikri

Ba’zi mahalliy kuzatuvchilar AQSh davlat kotibining Toshkentda ham bo’lishi va regionga joriy yilda ikkinchi bor safar qilayotganini e’tiborga olib, xonim ikki qo’shni davlat orasidagi sovuqlikni bartaraf etishga intilishi mumkin deyishmoqda.

Boboyev bunday fikrlarga qo’shilmaydi.

“Chunki AQSh ma’muriyatining Tojikiston va O’zbekistonga qarashlari har xil. Takrorlab aytaman, Klintonning maqsadi Afg’onistondan harbiylarni olib chiqish xavfsizligi va mintaqada AQShning mustahkam mavqeini saqlab qolish. Klinton ikki qo’shni o’rtasiga tushib o’tirmaydi”.

Rasmiylar bilan muloqotda Xillari Klinton O'zbekiston noroziligiga sabab bo'layotgan Rog'un GES qurilishi masalasini ko'targan. Uning aytishicha, ushbu loyihaga Tojikiston yuzlashayotgan energetik muammolarning yagona yechimi deb qaramaslik kerak.

Ko'p davlatlar bugun 1970-80-yillarda ishlab chiqilgan proyektlardan voz kechib, energiya ishlab chiqarishning yangi, zamonaviy usullarini joriy etayapti.

"Bo'lajak stansiya Tojikiston ehtiyojlarini qondiradimi? Mustaqil ekspertlar bu haqda nima demoqda? Qo'shnilar bilan do'stona aloqani saqlab qolgan holda uni amalga oshirish, yoki muqobil bir yo'lini topish mumkindir", - degan Klinton.

XS
SM
MD
LG