Breaking News

Xillari Klinton sharqiy Yevropa va Kavkaz bo’ylab safarga otlanmoqda


AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton sharqiy Yevropa va Kavkaz bo’ylab safarga otlanar ekan, hududiy bahslar, Tog’li Qorabog’ va Gruziya masalasi kun tartibidagi asosiy mavzular.

Tashqi ishlar vazirasi lavozimiga kirishganidan beri Klinton mintaqaga birinchi bor safar qilishi. AQSh rasmiysi talash territoriyalar haqida region rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashib oladi.

2008 yilda Gruziya-Rossiya urushi va qo’shinlar joylashuvi hamon munozarali mavzulardan. AQSh Davlat kotibining Yevropa masalalari bo’yicha muovini Filipp Gordon so’zlariga ko’ra, Rossiya hamon tinchlik sulhi shartlariga amal qilmayapti.

“Gruziya suvereniteti va territorial yaxlitligini hurmat qilamiz”, - deydi u. Rossiya ham ikki yil boldin avgustda erishilgan sulh bitimiga rioya qilishi lozim. Kuch qo’llamaslik, zo’ravonlikni tugatish va qo’shinlarni hududdan olib chiqish shular jumlasidan. “Biroq Kreml bu talablarning barchasini qondirishga shoshmayapti”, - deydi u.

Armaniston va Ozarbayjonga safari chog’ida Klinton Tog’li Qorabog’ mojarosini hal qilishga da’vat etishi kutilmoqda. Asosan, ozarlar yashovchi hudud Armaniston nazoratida. Tomonlar regionni talashar ekan, konflikt qonli tus olishi mumkin.

AQSh, Rossiya va Fransiya rasmiylari o’tgan hafta Kanadada Katta Yigirmalik sammiti chog’ida Arman-Ozarbayjon ixtilofi va uni tugatish masalasida gaplashgan, alohida bayonot bergan edi.

Xillari Klinton, shuningdek, Ukrainada ham bo’lib, yaqinda saylangan prezident, Viktor Yanukovich bilan gaplashadi. Maqsad, deydi AQSh rasmiylari, do’stona aloqani yo’lga qo’yish, toki davlatlar Rossiya yoki Qo’shma Shtatlar o’rtasida tanlash kerak degan o’ydan voz kechsin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG