Klinton Hindistonni Markaziy Osiyoda faolroq bo’lishga undadi

  • Amerika Ovozi

"Yangi savdo yo’llari Afg’onistonni urush girdobidan olib chiqib, tashqi yordamga tobelikdan xalos etadi, Markaziy Osiyoda ektremizm va terrorizm ildizini qo’porib tashlaydi", - deydi Klinton. "Hindiston bundan manfaatdor".

"Yangi savdo yo’llari Afg’onistonni urush girdobidan olib chiqib, tashqi yordamga tobelikdan xalos etadi, Markaziy Osiyoda ektremizm va terrorizm ildizini qo’porib tashlaydi", - deydi Klinton. "Hindiston bundan manfaatdor".

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Hindistonni Markaziy va Sharqiy Osiyoda faolroq siyosiy rol o’ynashga undadi.

Klinton uch kunlik safarini yakunlar ekan, Hindiston bu borada Amerikaning ishonchli hamkori va suyanchig’i, deydi.

Qo’shma Shtatlar regionda Xitoy dominant kuchga aylanib borayotganidan xavotirda va hududda ittifoqchi davlatlarga dalda bermoqda.

Safarining so’nggi kunida port shahar, sanoat markazi sanalmish Chennayda so’zlar ekan, Xillari Klinton Hindistonning salohiyatini maqtadi.

Bu davlat, dedi u, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi taqdirini hal qilishda muhim ijobiy rol o’ynashi mumkin.

Qo’shma Shtatlar va Hindiston dunyoning yetakchi demokratik davlatlaridan. Osiyoda maqsad va manfaatlari mushtarak.

Dengiz sarhadlari mudofaasi hamda demokratiya, inson huquqlari kabi, Amerika va regionda qudrati katta Xitoy tortishib kelayotgan masalalarda.

Erkin, ilg’or, huquqni ustun bilgan Hindiston bevosita va bilvosita qo’shnilariga namuna bo’lishi, ketidan ergashtira olishi mumkin, deydi Xillari Klinton.

Amerika rasmiysi, xususan, Afg’oniston va Pokiston bilan aloqani yaxshilashga chaqirdi.

Uning aytishicha, AQSh va NATO qo’shinlari Afg’onistondan ketishni ko’zlasa-da, bu davlat xavfsizligini ta’minlash ustuvor masala bo’lib qoladi.

“Amerika Afg’oniston va butun mintaqa bilan hamkor va shunday bo’lib qoladi. Askarlar vatanga qaytayotgani, xavfsizlik mahalliy armiya zimmasiga o’tayotgani rost. Lekin bu Afg’onistondan yuz o’girdik, degani emas”.

Afg’onistonda tinchlik va farovonlikni ta’minlash uchun qo’shni mamlakatlar, jumladan, Hindiston va Pokistonning madadi muhim, deydi Klinton.

AQSh diplomati nazarida Markaziy Osiyoda gaz quvurlari, trassa va temir yo’llar qurish, savdoni jonlantirishdan Hindiston manfaatdor.

“Qo’shni davlatlarni dushman emas, do’st, sherik deb ko’ring. Tinchlik va taraqqiyot sari muhim qadam mana shu”, - dedi Amerika rasmiysi.

Yangi savdo yo’llari Afg’onistonni urush girdobidan olib chiqib, tashqi yordamga tobelikdan xalos etadi, Markaziy Osiyoda ektremizm va terrorizm ildizini qo’porib tashlaydi, deydi Klinton.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG