AQSh: Pokiston Tolibonni muzokaraga ko’ndirishi kerak

  • Amerika Ovozi

AQSh: Pokiston Tolibonni muzokaraga ko’ndirishi kerak

AQSh: Pokiston Tolibonni muzokaraga ko’ndirishi kerak

Qo’shma Shtatlar nazarida terrorizmga qarshi kurashda Pokiston ko’proq hissa qo’shishi, xususan Tolibonni muzokaraga ko’ndirishi kerak.

AQSh bosh diplomati Xillari Klinton Islomoboddagi uchrashuvlarda bu haqda bayon qildi.

Pokiston rahbariyati Afg’oniston bilan chegara nazorati sust ekani va jangarilar Afg’onistonga o’tib qonli xurujlar uyushtirayotganini tan oladi.

Tashqi ishlar vazirasi Hina Rabboniy Xar chegaraning har ikki tomonida jangari makonlari bor, deydi. Lekin Pokiston ular bilan aloqada ekani haqidagi ayblovlarni inkor etadi.

Islomobodga tashrif buyurgan katta delegatsiya tarkibida AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi rahbari Deyvid Petreus va boshqa rasmiylar bor.

“Qo’shma Shtatlar Pokiston boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarni tushunadi. Al-Qoidaga qarshi hamkorlikni qadrlaymiz”, - deydi Xillari Klinton.

“Lekin ekstremistlar Pokiston hududida erkin yurgani hech kimga sir emas. Sizdan ularga qarshi qat’iy choralar ko’rishni so’raymiz”, - deydi davlat kotibasi.

Xillari Klinton 22-23 oktabr kunlari Tojikiston va O'zbekistonda ham bo'ladi.

AQSh Davlat departamenti nihoyat bu tashriflar haqidagi ma'lumotlarni tasdiqladi. Safar haqida bir necha kun oldin ma'lum bo'lgan edi.

Davlat kotibasi bu ikki davlat rahbarlari bilan hamkorlikni kengaytirish va qo'shni Afg'onistondagi vaziyat haqida gaplashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG