Tramp Klintonning ruhiy salomatligini shubha ostiga qo'ymoqda

  • Amerika Ovozi

Donald Tramp Nyu-Gempshirda. 6-avgust, 2016-yil

Donald Tramp Nyu-Gempshirda. 6-avgust, 2016-yil

AQShda respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabrda bo'ladigan saylovlardagi asosiy raqibi, demokrat Xillari Klintonni beqarorlik va sabotsizlikda aybladi.

Tadbirkor 6-avgust kuni Nyu-Gempshir shtatida saylovchilari bilan uchrashdi. Uning aytishicha, Klinton osonlikcha izdan, muvozanatdan chiqadigan inson.

Klintonning saylov kampaniyasiga ko'ra, Tramp so'nggi kunlardagi muammolarini shaxsiy hujumlar orqali hal etishga urinmoqda.

Milliarder uni tanqid qilgan Klinton tarafdorlari bilan achchiq so'z almashganidan so'ng ayrim respublikachilar unga asosiy raqibi Klinton ekanini eslatib, boshqalar bilan olishishni bas qilishni tavsiya etdi.

Fevral oyida Tramp Nyu-Gempshirda o'tgan tanlovda o'z partiyasidan prezidentlikka boshqa da'vogarlarni osonlikcha mag'lub etgan edi. Biroq Klinton bilan raqobatga kelganda so'nggi ommaviy so'rov natijalariga ko'ra, Tramp undan 15 foiz ortda qolmoqda.

"Vashington Post" gazetasi va ABC (Ey-Bi-Si) telekanali birgalikda o'tkazgan so'rovda qatnashganlarning 50 foizi Klintonga, 42 foizi esa Trampga ovoz berishini bildirgan.

Biroq so'ralgan har 10 odamdan taxminan olti nafari Klintonni ham, Trampni ham xush ko'rmasligini aytgan.

Tadbirkor saylov kampaniyasi uchun mablag' to'plash maqsadida Massachusets shtatidagi ikki xayriya tadbirida qatnashdi. Klinton esa kelasi hafta Florida shtati va Nyu-York shahrida bo'ladi.

5-avgust kuni Tramp shu yil qayta saylanishga umid qilayotgan qator respublikachi arboblarni qo'llab-quvvatladi. Bular Kongress Vakillar palatasi spikeri Pol Rayan hamda nufuzli senatorlar Jon Makkeyn va Kelli Ayot.

Tramp ularga xayrixohlik bildirishdan bosh tortib kelgani uchun ayrim partiyadoshlari tanqidiga uchragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG