Breaking News

Amerikada prezidentlik uchun partiyaviy saylovlar davom etmoqda

Amerikaning besh yirik shtati seshanba, 15-mart kuni prezidentlikka har ikki partiyadan yagona nomzodga ovoz berdi. "Super seshanba"da Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp, Demokratlar partiyasidan Xillari Klinton Floridada g'alaba qildi. Klinton Shimoliy Karolina, Oxayo va Illinoysni ham qo'lga kiritdi.

Respublikachilardan gubernator Jon Keysik Oxayoni ilib ketdi. Tramp Illinoys va Shimoliy Karolinada g'olib bo'ldi.

Missuri shtatida har ikki partiyadan nomzodlar deyarli teng ovoz olgan.

Florida shtatidan respublikachi Marko Rubio esa poygadan chiqishga qaror qildi. Uning shtati Donald Trampga ovoz bergan.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG