Klinton: Qudrat armiyada emas, iqtisodda

  • Amerika Ovozi

Klinton: Qudrat armiyada emas, iqtisodda

Klinton: Qudrat armiyada emas, iqtisodda

Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liq.

Chunki, deydi u, jahonda kim qudratli ekanini harbiy emas, iqtisodiy-moliyaviy salohiyat belgilaydi.

AQSh qo’shinlari Iroq da Afg’onistondan chiqish arafasida ekan, endi e’tibor-strategiya ham o’zgaradi.

Xillari Klinton Qo’shma Shtatlar yillar davomida Yevropa bilan qanday aloqani yo’lga qo’ygan bo’lsa, Osiyo bilan ham shunday rishta bog’lashi kerak, deydi.

Tahlilchilar fikricha, buni Osiyoda Xitoy va unga qo’shni davlatlarning oshib borayotgan qudrati bilan tushuntirish mumkin. Ayniqsa, Xitoy harbiy va iqtisodiy kuchini ko’z-ko’z qilish bilan band.

Klinton Yaqin Sharq haqida to’xtalib, arab bahori iqtisodiy uyg’onishni ham anglatishi lozim, dedi.

Uning aytishicha, Amerika zolim hukumatlarni, Erondagi kabi rejimlarni jazolash qarorida qat’iy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG