Klinton: Eron hukumatida qattiq bahslar ketmoqda

  • Amerika Ovozi

Yadro quroli kerakmi yoki yo'q?

Yadro quroli kerakmi yoki yo'q?

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton so’zlariga ko’ra, Eronda ichki siyosiy kurash ketmoqda va yadroviy izlanishlar kelajagi haqida fikrlar tarqoq.

Amerika razvedkasining aniqlashicha, Eron yadro quroli yaratish borasida hali bir to’xtamga kelmagan. Rahbariyat orasida bunga qarshilar kam emas ko’rinadi, deydi Xillari Klinton.

“Eron hukumatida jiddiy bahslar ketmoqda. Chetdan turib real vaziyatni bilish qiyin, albatta. Shunisi ayonki, boshqaruv uchun raqobat kuchli”, - deydi Amerika bosh diplomati.

Eron yadro dasturi kelajagi haqidagi bu tortishuvda, deydi Klinton, din ahli, islomiy tizim himoyasi uchun mas’ul Inqilobiy Gvardiya, parlament va prezident qatnashmoqda.

Ziddiyat kuchaygani sari ilmiy izlanishlar ham joyidan siljimayapti, deya bildiradi Amerika razvedkasi.

"Hokimiyat uchun kurash kermoqda", - deydi Klinton.

"Hokimiyat uchun kurash kermoqda", - deydi Klinton.

Islomiy respublika uranni boyitish ishlari faqat energetika va tibbiyot uchun zarur, deya ishontirib keladi.

G’arb nazarida mamlakat bunday izlanish olib borishga haqli, lekin dasturni kuzatgan BMT inspektorlari ommaviy qirg’in quroli uchun zarur tadqiqotlar kechayotgani haqida ogohlantiradi.

Shunday ekan, xalqaro hamjamiyat Eronga nisbatan sanksiya va diplomatiyani qo’llab, yadroviy loyihani oshkor etishga ko’ndirish niyatida, deydi Xillari Klinton.

“Ham amaldagi izlanishlar, ham rejalar borasida tugal ma’lumot to’plashimiz lozim. Isroil, arab va Yevropa davlatlari bilan bu masalada gaplashib kelayapmiz. Eronning harakatlari butun dunyoga tahdid solishi, qurollanish poygasini avj oldirishi hech gapmas”, - deydi Amerika Davlat kotibasi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG