Klinton: Tashqi yordam, diplomatiyada o’zgarish bo’ladi

  • Amerika Ovozi

Klinton: Tashqi yordam, diplomatiyada o’zgarish bo’ladi

Klinton: Tashqi yordam, diplomatiyada o’zgarish bo’ladi

Davlat kotibasi Xillari Klinton (Hillary Clinton) so’zlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar dunyoda konfliktlarni hal qilishda tashqi yordam va diplomatik choralarni aniqroq, saramaliroq yo’naltirish harakatida.

“Bu ko’makni uzatishdan maqsadimiz xalqlarni oyoqqa turg’azish, o’zini boshqara olishiga turtki berishdir. Iqtisodiy o’sishni ta’minlab, birovga tobelikdan xalos etish”, - deydi Klinton.

Tashqi ishlar vazirasi Amerikadagi moliyaviy tanglikni, yordam berish uchun mablag’ tanqis ekanini alohida eslatib o’tdi.

Klinton: Tashqi yordam, diplomatiyada o’zgarish bo’ladi

Klinton: Tashqi yordam, diplomatiyada o’zgarish bo’ladi

“Shunday ekan, bor moliya va zaxirani unumliroq, aniqroq qilib taqsimlash, Amerika va jahon hamjamiyati o’rtasidagi rishtalarni yaxshilashga ko’proq e’tibor berish darkor”, - deydi vazira.

AQSh Kosovo, Serbiya va Ukraina qishloq xo’jaligiga atalgan yordamni qisqartirib, Afrikaga diqqatni oshirgan.

Ilm-fan va kashfiyotlarga sarmoyani mo’lroq qilib, iqtisodda xotinq-qizlar rolini oshirish haqida bot-bot gapirayapmiz, deydi Xillari Klinton.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG