Keksa suratkashning urush xotiralari

  • Amerika Ovozi

Jangchi operator Norman Xatchning quroli 35 millimetrli kinokamera edi.

Jangchi operator Norman Xatchning quroli 35 millimetrli kinokamera edi.

1943-yilda Tinch okeanidagi mitti Tarava oroli uchun kechgan jang Ikkinchi jahon urushining eng qonli, dahshatli sahifalaridan.

Amerikalik askar Norman Xatch o’sha voqeaning shohidi bo’lgan. Lekin qo’lida qurol emas, videokamera ko’tarib barini suratga olgan, AQShning bu urush haqidagi tasavvurini o’zgartirgan.

“Mana bu suratda Tarava oroliga borgan suratkash-operatorlar birga tushganmiz. Butun boshli diviziya edi. Tepadaman. Hammasi olamdan o’tdi”, - deya eslaydi u.

“Taravadagi jangni hech unuta olmayman. Yaponlar o’shanda kamida 4000 odamini yo’qotdi. Ikki kecha-kunduzda biz 1000 kishidan ayrildik. 2200 zobitimiz yaralandi”, - deydi operator.

Jang maydonidan qanday omon chiqding, hech o’q yemading? deb so’raganlar ko’p bo’ldi. Nima deb javob qilay?

“Frontda boshqa zobitlar yonimga kelib, chetga tortishga harakat qilar edi. Turma bu yerda, xatarli-ku, der edi. Men bo’lsam, yo’q deb oyoq tirab olardim, ishlashim, tasvirga tushirishda davom etishim shart edi. Jamoatchilik haqiqatni bilishi kerak. Shu filmni ko’ribgina odamlarning ko’zi ochiladi, der edim”, - deydi sobiq jangchi.


Prezident Franklin Ruzvelt kadrlar ekranga chiqishiga shaxsan ruxsat bergan. Filmda og’ir, mudhish sahnalar bor.

“O’sha paytgacha urushning dahshatli, naq yurakni yoradigan taraflarini ko’rgan emasdi birov. Tarava jangi birinchi tajriba bo’ldi. Ekranda amerikalik va yapon zobitlari birdek tasvirlangan edi”, - deydi suratkash.

1944-yilda AQSh Kinoakademiyasi sovrini Tavarada askarlar safida hujjatli filmiga berilgan, unda Xatchning kadrlari qo’llangan edi.

Mudhish kun (Rasmni kattalashtirish mumkin)

Mudhish kun (Rasmni kattalashtirish mumkin)


Rejissyor Stiven Barberning Ular uyga qaytguncha nomli yangi hujjatli filmida ham Norman Xatch tushirgan video-tasvirlar bor. Film urushdan salkam 70 yil o’tib, marhum zobitlar jasadlarini topib, vatanga qaytarish ishlari haqida.

“Urushdan keyin mendan ‘jang maydonidan qanday qilib omon chiqding, hech o’q yemading?’ deb so’raganlar ko’p bo’ldi. Nima deb javob qilay? Tavakkal qilishni bilish kerak. Bu kasbning talabi shu”, - deydi operator.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG