Breaking News

Dronlardan tijoriy maqsadlarda foydalanish mumkin


Yaqinda Vashingtonda o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada dronlar, o’zi mustaqil uchadigan qurilmalar namoyish etildi. Bunday texnikaning tijoriy va boshqa sohalarda keng qo’llanishi kutilmoqda. Ammo dronlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun-qoidalar hanuz qabul qilinmagan.
Dronlar va tijorat, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00
Yuklab oling

Dronlarning afzal tomoni ko’p. Uchuvchili samolyotlarga qaraganda ancha arzon.
Ichida odam bo’lmagani bois ularni xavfli missiyalarga qo’rqmasdan yuborish mumkin.

Noharbiy sohalarda ham ularga talab katta.

Yo’qolgan odamlarni topish, dalalarda yig’im-terimni kuzatish, dori sepish, dori-darmon yetkazish, neft qidirish, elektr tarmoqlarini tekshirishda bu vositalar xizmatiga ehtiyoj bor.

Muammo shundaki, ulardan har kungi hayotda foydalanishni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmagan.

Hozircha ulardan cheklangan darajada Alyaska kabi havo qatnovi siyrak bo’lgan hududlarda foydalanishga ruxsat berilgan.

Dronlarni uchirish uchun maxsus ruxsatnoma kerak. AQSh Federal Aviatsiya idorasining ma’lum qilishicha, bunday sertifikat faqat tadqiqot olib borish, savdo va uchishga oid ko’rgazmalar tashkil etish hamda xodimlarni tayyorlash bilan bog’liq parvozlargagina ruxsat beradi.

Bizning “Puma” dronimiz ayni shu maqsadga mos keladi, deydi “Aero Vironment” kompaniyasi boshqaruvchisi Deyvid Xeydel.

“Biz dronlarimizni cheklangan kategoriyaga moslamoqchimiz. Bu Pumaga Arktika ustidan uchishga ruxsat beradi. U yerda biz neft konlarini, yovvoyi tabiat va sohillarni nazorat qilishimiz mumkin”, - deydi Xeydel.

Vashingtondagi ko’rgazmadan uchuvchisiz samolyot va vertolyotlarning turli xillari o’rin oldi. Ular orasida yerda va suv ostida yuradigan mashinalar ham bor.
Kompaniyalarning aytishicha, harbiylar uchun mo’ljallangan bunday qurilmalarni fuqarolik maqsadlari uchun moslash oson.

“Biz, asosan, harbiylar, chegara nazorati, o’t o’chirish xizmatlari va huquq-tartibot idoralari uchun ishlaymiz. Politsiya tepadan turib o’zlari xohlagandek kuzatish imkoniyatini beruvchi qurilmalarga katta qiziqish bildirmoqda”, - deydi “Applied Research Associates” kompaniyasi injeneri Jeyson Rittenur.

Ammo uchuvchisiz samolyotlarni tijoriy maqsadlarda qo’llash amaliyoti texnologiyaning o’zidan ko’ra sust rivojlanmoqda. Chunki sohani nazorat qiladigan qonun-qoidalar hali qabul qilinmagan.

Ungacha soha mutaxassislari faqat harbiylar va davlat buyurtmachilari uchun ishlashda davom etadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG