Breaking News

Janubiy Karolina konfederatsiya bayrog'idan voz kechdi


Konfederatsiya bayrog'i
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:17 0:00

Konfederatsiya bayrog'i

Janubiy Karolina shtati Vakillar palatasi mahalliy hukumat joylashgan binodan konfederatsiya bayrog'ini olib tashlashga ovoz berdi.

"Bugun Janubiy Karolina yangi davrga qo'ymoqda", - deydi shtat gubernatori Nikki Heyli, qarorni olqishlar ekan.

O'tgan oy Charlston shahridagi qora tanlilar cherkoviga bir yigit qurol bilan kirib, 9 kishini otib tashlagan edi. Dilan Ruf ismli bu shaxs internetda konfederatsiya bayrog'i bilan rasmlarga tushgan.

Bu qotillik ketidan shtat kapitoliysida yarim asrdan buyon hilpirab turgan, fuqarolik urushi paytida qulchilik tarafdorlari ko'targan bayroqni olib tashlash chaqiriqlari kuchaydi.

Janubiy Karolina Senati ham hafta boshida konfederatsiya bayrog'ini tushirish qarorini ma'qullagan edi. 46 deputatdan 37 nafari bayroqdan voz kechish uchun ovoz bergan.

Shtatda so'nggi kunlarda bir-biriga qarshi ikki turdagi namoyishlar o'tdi.

Ayrimlarni junbushga keltirgan holat shu bo'ldiki, Charlstondagi fojiadan so'ng motam e'lon qilinib, shtatda AQSh va Janubiy Karolina bayroqlari tushirilgan bir paytda konfederatsiya bayrog'i shtat Vakillar palatasi hovlisida hamon hilpirab turgan.

Shundan so'ng faollardan biri bayroq osilgan flagshtokka chiqib, uni olib tashladi. Bir kun oldin esa Prezident Obama konfederatsiya bayrog'i zulm va irqiy kamsitishni eslatishi haqida gapirdi.

"Bayroqni shtat kapitoliysidan olib tashlash konfederatsiya askarlari ruhiga haqorat hisoblanmaydi. Bu bilan biz ularning maqsadlari, ya'ni qullikni saqlab qolish xato bo'lganini tan olgan bo'lamiz", - dedi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG