Yangi Kongressning ikkinchi kunida qonunchilar Konstitutsiyani mutolaa qildi

  • Amerika Ovozi

Bugun palatada Kongress byudjetini besh foizga qisqartirish masalasi ham ko’rilmoqda. Natijada kelasi to’qqiz oyda 35 million dollar tejaladi.

Bugun palatada Kongress byudjetini besh foizga qisqartirish masalasi ham ko’rilmoqda. Natijada kelasi to’qqiz oyda 35 million dollar tejaladi.

AQSh Kongressi Vakillar Palatasida hukmron Respublikachilar bugun Konstitutsiyani ovozni baralla qo’yib o’qimoqda.

Bosh qomusdagi tamoyillarni yana bir bor eslab qo’yish zarar qilmaydi, deydi qonunchilar.

Bu qadam ramziy ma’no kasb etadi. Muxolifat hukumat ixcham bo’lishi, xalq hayotiga aralashmasligi lozim deb keladi. Bu tamoyillar Konstitutsiyada bandma-band sanab o’tilgan.

Vakillar Palatasida ko’pchilik o’rinni qo’lga kiritib, kecha ish boshlagan respublikachilar Bosh qonunni namoyishkorona o’qishga ahd qilgan.

AQSh konstitutsiyasi 1789 yilda qabul qilingan

AQSh konstitutsiyasi 1789 yilda qabul qilingan

Bugun palatada Kongress byudjetini besh foizga qisqartirish masalasi ham ko’rilmoqda. Natijada kelasi to’qqiz oyda 35 million dollar tejaladi.

Vakillar Palatasi spikeri endi - Jon Beynerdir. Quyi palatada ustunlik Respublikachilar qo’lida (242 respublikachi, 193 demokrat), Senatda esa hamon Demokratlar qo’li baland.

Respublikachilar prezident Barak Obamaning asosiy yutug’i deya ko’rilgan sog’liqni saqlashga doir islohotni bekor qilmoqchi. Obama va uning safdoshlari bunga qarshi.

Prezident shu oy oxirida xalqqa yillik murojaati bilan chiqadi. Sarhisob va yangi rejalar tilga olinishi kutilar ekan, muxolifat qaqshatqich zarba berishi, Obama ilgari surgan barcha yirik tashabbuslarni savolga tutishi aniq.


Vakillar Palatasi spikeri Jon Beyner fikricha hozirgi asosiy vazifa ish o’rinlari yaratish.

Prezident Barak Obama nazarida esa respublikachilar taraqqiyotga qarshilik ko’rsatmoqda va demokrat qonunchilar bunga qarshi kurashishi lozim. Sog’liqni saqlash islohoti millionlab amerikalikni tibbiy xizmat bilan ta’minladi, deydi prezident.

Bu orada Oq Uy matbiot kotibi Robert Gibbs lavozimini tark etmoqda. U endilikda siyosiy konsultant sifatida ishlashi, 2012 yilgi prezident saylovlarida Obamaga maslahatchi bo'lishi kutilmoqda. Uning o'rnini kim egallashi hozircha noma'lum.

Oq Uy boshqaruvchisi lavozimiga esa Bill Deyli tayinlangan. Deyli Bill Klinton prezidentlik davrida tijorat vaziri bo'lib ishlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG