Vakillar Palatasi davlat qarziga doir qonun loyihasini ma'qulladi

  • Amerika Ovozi

Hozirda Amerika 14 triilion 294 milliard dollardan ortiq qarz ololmaydi. Lekin bugun deyarli bu raqamga yetib bo'lindi.

Hozirda Amerika 14 triilion 294 milliard dollardan ortiq qarz ololmaydi. Lekin bugun deyarli bu raqamga yetib bo'lindi.

AQSh Kongressi Vakillar Palatasi davlat qarzi va xarajatga doir qonun loyihasini tasdiqladi. 453 a'zodan 269 nafari "ha" deb ovoz bergan, 161 vakil qarshi.

Loyiha endi Senatda ovozga qo'yiladi. Bu palatada ham ma'qullanishi kutilmoqda. So’ngra esa prezident Barak Obamaga imzo uchun taqdim etiladi.

Amaldagi qonun AQShga 14,3 trillion dollardan oshiq qarz olishga ruxsat bermaydi. Gap mana shu cheklovni o'zgartirish haqida ketmoqda, ya'ni uni oshirish.

Yangi qonun xarajatni kelasi 10 yil ichida 1 trillion dollarga kamaytirishni ko'zlaydi.

Bunga qanday erishish borasida tomonlar turlicha pozitsiyada edi. Respublikachilar soliqlarni oshirishga qarshi, demokratlar esa ijtimoiy himoyani kesishga.

Xorijiy kreditorlar va o’z fuqarolari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini doimo vaqtida, a’lo darajada bajarib kelgan Amerika hukumati tarixda ilk bor “defolt” holatiga tushishi, ya’ni qarzni to'lay olmasligi mumkin edi. Eng katta miqdordagi qarzlar Xitoy

Xorijiy kreditorlar va o’z fuqarolari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini doimo vaqtida, a’lo darajada bajarib kelgan Amerika hukumati tarixda ilk bor “defolt” holatiga tushishi, ya’ni qarzni to'lay olmasligi mumkin edi. Eng katta miqdordagi qarzlar Xitoy

Vakillar Palatasidagi ayrim demokratlar nazarida prezident Obama respublikachilar bilan murosa qilaman deb ko’pgina ijtimoiy dasturlarni qisqartirishga ko'nib bekor ish qildi. Yo’qsillar, jismonan zaif kishilarga atalgan yordam loyihalari kesilishi mumkin.

Vitse-prezident Jo Bayden bugun demokratlar bilan gaplashib, ularni bir yoqadan bosh chiqarishga ko’ndirgan.

"Yo'q" deb ovoz bergan demokrat qonunchilardan biri Kit Ellison:

“Respublikachilar partiyasi Amerikaning o’zagi bo’lmish mehnatkash xalqning nonini tortib, millionerlar va korporatsiyalarga tuhfa etmoqda. Bunaqasi ketmaydi”, - deydi u.

O’z navbatida Respublikachilar partiyasi a’zolari, Vakillar Palatasi Qurolli Kuchlar qo’mitasi vakillari mudofaa xarajatlari qisqartirilishi mumkinligidan norozi.

Vakillar Palatasi spikeri Jon Beyner fikricha esa kelishuv tahsinga loyiq.

“Bu men va prezident orasidagi emas, Kongress a’zolari, demokrat va respublikachilarning birgalikdagi yutug’idir”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG