Obama ma'muriyati Vakillar palatasida Eron bilan kelishuvni himoya qildi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qo'mitasidagi tinglovda qonunchilar savollariga javob bermoqda, Vashington, 28-iyul, 2015-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qo'mitasidagi tinglovda qonunchilar savollariga javob bermoqda, Vashington, 28-iyul, 2015-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Energetika vaziri Ernest Moniz va Moliya vaziri Jek Lyu bugun Kongressdagi yana bir tinglovda Eron bilan imzolangan yadroviy bitim xususida qonunchilar savollariga javob berdi.

Oq uy ma'muriyati kelishuvni himoya qilmoqda, ammo ayrim qonunchilar shubha bildiryapti. Kongress hujjatni 60 kun ichida ko'rib chiqishi kerak. Bu muddatdan yetti hafta qoldi. Agar qonunchilar bitimni yoqlasa, Eronga qo'yilgan sanksiyalar bekor qilinadi.

"Bu Amerika uchun, dunyo uchun, ittifoqchilarimiz va do'stlarimiz uchun yaxshi bitim", - dedi Kerri.

O'tgan hafta bu uchlik Senatning ayni qo'mitasida ham savolga tutildi.

Kerrining aytishicha, agar Kongress hujjatni tasdiqlamasa, Eron yadro dasturi bilan bog'liq muammoni tinch yo'l bilan hal etish imkoniyati boy beriladi.

Agar qonunchilar o'jarlik qilsa, Prezident Obama ularning qaroriga veto qo'yishini bildirgan. Undan o'tish uchun esa Senat va Vakillar palatasining uchdan ikki qismi vetoga qarshi ovoz berishi kerak bo'ladi, ammo demokratlar bunga yo'l qo'ymasligi mumkin.

Eron bilan imzolangan bitim tanqidchilarining fikri shuki, sanksiyalardan xoli Tehron yadro quroli yaratishda davom etaveradi, chunki jarayonni nazorat etish mexanizmi zaif.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG