Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan

  • Amerika Ovozi

Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan

Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan

O’tgan oy Afg’oniston sharqida mahalliy askar to’rt fransuz zobitini otib o’ldirgach, Fransiya qo’shinlari mamlakatni erta tark etishga qaror qildi.

NATO “ichki hujumlar” deya ta’riflaydigan bunday hodisalar so’nggi ikki yilda ancha ko’paygan. AQSh Kongressi Mudofaa vazirligi Pentagondan izoh talab qilmoqda.

Vakillar Palatasining Qurolli kuchlar qo’mitasi raisi Xovard Maken afg’on armiyasi safiga yozilayotgan odamlar ustidan tekshiruv kuchaytirilishini talab qilyapti.

“Afg’oniston qurolli kuchlarida xizmat qilayotganlarning kamida bir foizi koalitsiyaga hujum qilgani ma’lum. Bunga chek qo’yish vaqti yetdi”, - deydi u.

Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan

Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan

Talab shuki, politsiya yoki harbiy xizmatga yollanayotganlarning tarjimai holi, ma’lumoti, kasbi-kori, ruhiy holatini tekshirishga alohida e’tibor qaratilsin.

Obama ma’muriyati rasmiylarining tushuntirishicha, muammo qisman yaqin hamkorlikka borib taqaladi. Chunki afg’onlarni tayyorgarlikdan o’tkazish xorijiy murabbiylar zimmasida.

Deyvid Sedni, Pentagonda Afg’oniston bo’yicha mas’ul rasmiylardan biri, deydiki, xalqaro koalitsiya va mahalliy kuchlar birga harakat qilar ekan, Tolibon ularni birdek nishonga olmoqda.

“Xavfga qaramay qo’shma operatsiyalarni davom ettirish muhim, chunki uzoq muddatda mamlakatni himoya qilish – afg’on kuchlarining vazifasi. Koalitsiya bir-ikki yilda Afg’onistonni tark etadi”, - deydi u.

Kongressda o’tgan majlisda AQSh generali Stiven Taunsend ham qonunchilar savollariga javob berdi. Afg’on armiyasini oyoqqa turg’azish bosh maqsad ekanini qayd etdi.

Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan

Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan

“AQSh askarlarini har qanday xavfdan asrash, tabiiyki, Afg’onistondagi qo’mondonlar, shuningdek, davlat rahbari oldidagi oliy vazifa. Pentagon bu maqsad yo’lida pulni ayamaydi. Ammo, tan olish kerak, Afg’onistondek olovli nuqtada eng ilg’or vositalar ham har doim ish bermaydi. Dushmanni do’stdan ajratish uchun biometrik texnologiyalar joriy etyapmiz”, - deydi harbiy.

Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko’ra, 2007-yildan buyon afg’on qurolli kuchlari xizmatchilari Amerika askarlariga 40 marotaba hujum qilgan, aksariyati o’tgan ikki yilda.

Haqorat, alam va madaniy tushunmovchiliklar asosiy sabab qilib ko’rsatilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG