Kongress Iroqdagi kurd va sunniy jangchilarga qo'shimcha pul berishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Kurd peshmerga xavfsizlik kuchlari

Kurd peshmerga xavfsizlik kuchlari

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Iroqda "Islomiy davlat"ga qarshi jang qilayotgan kurd (peshmerga) va sunniy jangchilarga ajratilayotgan pulni ko'paytirmoqchi.

Qonunchilar Iroq kuchlarini tayyorgarlikdan o'tkazish va jihozlash uchun tasdiqlangan 715 million dollardan 25 foizini kurd va sunniy kuchlariga bermoqchi. Agar Iroq hukumati siyosiy kuchlarni birlashtirish bobidagi ayrim shartlarni bajarmasa, pulning yana 60 foizi Iroq hukumatiga emas, kurdlar va sunniylarga beriladi.

Iroq parlamentining Tashqi aloqalar qo'mitasi a'zosi Renas Jano Muhammad AQSh Kongressidagi bu taklifni qo'llab-quvvatlab, "Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan kuchlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash uchun muhim ekanini aytdi.

Biroq shialar yetakchisi Muqtada al-Sadr qonun loyihasi qabul qilinsa, AQSh manfaatlariga hujum qilishini bildirdi.

"Agar Kongress hujjatni oqlasa, shu paytgacha faoliyati muzlatilgan harbiy qanotimizni harakatga keltirib, Amerikaning Iroq ichida va, kerak bo'lsa, tashqaridagi manfaatlariga hujum qilishga majbur bo'lamiz", - dedi.

Shialar kurd va sunniylarning Amerikaning moliyaviy yordamida kuchayishidan xavotirda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG