Vakillar palatasi maxfiy kuzatuv dasturini tugatishga ovoz berdi

  • Amerika Ovozi

Bugun AQSh Kongressi Vakillar palatasi ko'pchilik ovoz bilan Davlat xavfsizlik boshqarmasining aholining telefon qo'ng'iroqlariga doir ma'lumotlarini yig'ish dasturini tugatishga ovoz berdi.

"AQSh Ozodlik qonuni" deb nomlangan hujjatga tuzatish kiritildi. Bundan keyin boshqarma odamlarning kimga va qachon qo'ng'iroq qilgani, qancha gaplashgani haqidagi ma'lulmotni faqat maxfiy milliy xavfsizlik sudining qarori orqali xususiy telefon kompaniyalaridan olishga majbur bo'ladi. Shu kungacha bu ish maxfiy ravishda qilinardi.

Fuqarolik erkinliklarini targ'ib qiluvchi guruhlar dasturni tanqid qilib kelgan. Uni 2013-yilda boshqarmaning sobiq agenti Edvard Snouden fosh qilgan edi. Snouden hozir Rossiyada siyosiy qochqin sifatida yashamoqda.

Hujjat endi Senatga oshiriladi. Senatdagi ko'pchilik sardori Mitch Makkonel 1-iyunda tugaydigan dastur muddatini uzaytirish tarafdori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG