Nyu-yorklik kongressmen moliyaviy firibgarlikda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

Respublikachi kongressmen Maykl Grim Kongressga saylanishidan oldin olib borgan biznes faoliyatiga doir moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda. Unga, shuningdek, saylov kampaniyasi davrida pul yig’ish qoidalarini buzganlik aybi ham qo’yilgan.
“Bu siyosiy mashmasha faqat ikki narsaga qaratilgan: Biri mening xarakterimni yo’q qilish bo’lsa, ikkinchisi meni ish joyimdan ayirish”, - deydi kongressmen Maykl Grim.

Vakillar palatasi a’zosi Grim 2010-yildan avvalgi faoliyati bilan bog’liq 20 ta holat bo’yicha qo’yilgan federal ayblovlarni tan olishdan bosh tortdi.

Ayblovlar AQSh prokurori Loretta Linch tomonidan e’lon qilindi. Kongressmen Grimning o’zi ham ilgari Federal Qidiruv Byurosi agenti sifatida moliyaviy qalloblik va korrupsiya jinoyatlarini tekshirgani ma’lum.

“U Soliq idorasi ishiga xalal berish, soliq hujjatlarini soxtalashtirish, pochta, pul o’tkazish va sog’liqni saqlash sohalaridagi firibgarliklar, qasddan yolg’on gapirish, rasmiy tekshiruvga to’sqinlik qilish hamda hujjatsiz ishchilarni ishga yollash kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Bular Maykl Grim 2007-2010-yillar boshqargan va egalik qilgan restoran faoliyati bilan bog’liq”, - deydi prokuror Linch.

Federal hukumat da’vosiga ko’ra, Grim Nyu-Yorkning Manhetten shaharchasidagi restorandan tushgan bir million dollardan ortiq daromadni soliqdan yashirgan.

“The Hill” gazetasi muxbiri Aleksandra Jeffining aytishicha, nyu-yorklik kongressmen saylov davrida yig’ilgan pul bilan bog’liq firibgarlik yuzasidan ham tekshirilmoqda.

“Bir ruhoniy va uning izdoshlari Grimga yarim million dollar yig’ishga yordam bergan. Bu pullarning noto’g’ri yo’llar bilan yig’ilgani, AQSh saylov kompaniyasiga pul berishga haqqi bo’lmagan xorijlik odamlar ham hissa qo’shgani haqida gaplar bor. Buning

Ushbu tekshiruv doirasida Grimning sobiq qallig’i Diana Durand ham 2010-yilgi saylov bo’yicha moliyaviy firibgarliklarda ayblanmoqda. U o’ziga qo’yilgan ayblovlarni tan olishdan bosh tortgan.

Kongressmen Grim bunday ayblovlar oldida taslim bo’lish niyatida emas. U noyabr oyida ham qayta saylanish uchun o’z nomzodini qo’yishini ta’kidlamoqda.

“Men axloqli va bir so’zli odamman. Hali bu mamlakatga o’z yetakchiligim bilan ko’p xizmat qilaman”, - deydi Grim.

Federal Qidiruv Byurosining Nyu-York bo’limi rahbari o’rinbosari Jorj Venizelosning Grimga bergan tasnifnomasi esa yuqoridagi gaplarning aksi. Byuro e’lon qilgan aybnomada, kongressmen Grimning “firibgarlik, qasddan yolg’on gapirish hamda rasmiy tekshiruvlarga to’sqinlik qilish” bilan shug’ullangani aytiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG