Korrupsiyadan xoli jamiyat yo'q, lekin ayrim davlatlarda vaziyat ayanchli

  • Amerika Ovozi

"Transparency International" Markaziy Osiyoning barcha respublikalarini, xususan O'zbekistonni, korrupsiya turmush tarziga aylangan jamiyatlardan biri deb hisoblaydi.

"Transparency International" Markaziy Osiyoning barcha respublikalarini, xususan O'zbekistonni, korrupsiya turmush tarziga aylangan jamiyatlardan biri deb hisoblaydi.

Rossiya va Xitoy firmalari xorijda eng ko'p pora beradigan bizneslar. Lekin bu dengizdan bir tomchi.

Berlinda asoslangan "Transparency International", oshkoralikni targ'ib qiluvchi tashkilot o'tkazgan izlanishlar natijasi shundan dalolat beradi.

"Pora Beruvchilar Indeksi" deya nomlangan ro'yxatda Rossiya birinchi, Xitoy ikkinchi o'ringa qo'yilgan.

Xalqaro tashkilot dunyoning 28 yetakchi davlati chet elda qay yo'l bilan biznes qilayotganini o'rganib chiqqan, xususan Katta Yigirmalik.

Korrupsiyaga botgan sektorlar sanab o'tilganida, qurilish va maishiy xizmatlar eng oldingi o'rinni egallagan. Ammo, deya qayd etadi tashkilot, pora soha tanlamaydi.

Gollandiya, Shveysariya, Belgiya, Germaniya va Yaponiya kompaniyalari - eng toza bizneslar. AQSh 10-o'rinda, ya'ni korrupsiyadan nisbatan xoli deya tan olinadi.

Korrupsiyadan xoli jamiyat yo'q, lekin ayrim davlatlarda vaziyat ayanchli

Korrupsiyadan xoli jamiyat yo'q, lekin ayrim davlatlarda vaziyat ayanchli

Korrupsiyadan butkul toza jamiyat yo'q, deya bildiradi "Transparency International", lekin ayrim mamlakatlarda yulg'ichlik shu darajaga yetganki, uni ko'pchilik muammo deb hisoblamaydi.

BMT, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun kuchliroq choralar ko'rishi, a'zo davlatlarga konkret talablar qo'yib, korrsupsiyaga qarshi kurashda yordamlashishi zarur, deyiladi hisobotda.

Jamoatchilik xavfsizligi va salomatligi bilan bog'liq masalalarda ishni pora berib bitirish hammaga birdek tahdid soladi. Masalan, tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda ko'proq odam aziyat chekadi yoki halok bo'ladi.

Xususiy sektorda, davlat idoralarida bo'lgani kabi, pora nafaqat naqd pul balki turli shakldagi sovg'a sifatida ham beriladi. Ayrim kompaniyalar sovg'ani pora deb hisoblamaydi, deydi izlanuvchilar, gap uning nima maqsadda berilayotganida.

"Transparency International" Markaziy Osiyoning barcha respublikalari, xususan O'zbekistonni korrupsiya turmush tarziga aylangan jamiyatlar deb hisoblaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG