Xalqaro tashkilot Azimjon Asqarovni ozod etishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Azimjon Asqarov

Azimjon Asqarov

Guruhga ko'ra, dalillarning birortasi pichoqqa ilinmaydi, ko'rsatmalar qiynoqlar ostida olinmoqda, ayblovlar soxtalashtirilgan.

Jurnalistlar himoyasi bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilot qirg'izistonlik o'zbek huquq himoyachisi va jurnalist Azimjon Asqarovning jinoiy ishi yuzasidan bayonot chiqarib, faolning begunoh qamoqda o'tirganini yana bir bor ta'kidladi.

Guruhga ko'ra, dalillarning birortasi pichoqqa ilinmaydi, ko'rsatmalar qiynoqlar ostida olinmoqda, ayblovlar soxtalashtirilgan.

"Azimjon Asqarovning yolg'iz aybi, deyiladi bayonotda, korrupsiyaga botgan huquq-tartibot organlari xodimlari va ba'zi rasmiylarning ikki yil burungi etnik qirg'indagi harakatlarini fosh etishda".

Bayonotda aytilishicha, Asqarovga qarshi sudda na ashyoviy dalil, na mustaqil guvohlar ko'rsatmalari taqdim etildi. Haqiqiy guvohlar esa qo'rquvdan sukut saqlashga majbur.

Azimjon Asqarov 2010-yil iyun voqealari ketidan hibsga olinib, militsiya xodimi o'limiga aloqadorlik, qurol saqlaganlik, garovga olishga harakat qilganlik, etnik adovat qo'zg'atganlikda aybdor topilib, umrbod qamoqqa mahkum etildi.

Faolning advokatlari BMT Inson huquqlari qo'mitasiga shikoyat tayyorlamoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG