Qrimga Ukrainadan oziq-ovqat kirishi to'xtatilgan


Tatar mahallalarida, Qrim

Tatar mahallalarida, Qrim

Qrim-tatarlar Rossiya tarkibiga qo'shib olingan yarim orolga Ukrainadan oziq-ovqat kiritmayapti. 20-sentabrdan binoan bu davlatdan mahsulot tashilishi to’xtatildi. Siyosiy talablar bajarilmaguncha qamal davom etaveradi.

“Qrim blokadasi” - tatarlarning Rossiya ishg’oliga qarshilik ramzi. Faollaridan biri Erfan Quddusov deydiki, qamal ishg’olchilarga ham, Ukraina hukumatiga ham, xalqaro jamoatchilikka ham qrim-tatarlar hech qachon o’z vatanlari bosqini bilan kelishmasliklarini ko’rsatmoqda.

“Qrim bosqini birinchi o’rinda turishi kerak, chunki Putin rejimi amalga oshirgan dastlabki ishg’ol ham Qrim bo’ldi. Shunday ekan, brinchillardan bo’lib Qrim inqirozi yechilishi zarur. Xalqaro jamoatchilik bu narsani unutmasligi kerak. Hozirgi blokada - muammoning shu tomonini ko’rsatish. Bu tashabbus Ukraina qabul qilgan erkin savdo haqidagi qonunni o’zgartirishni ham talab etadi. Bosqinchi tomonga oziq-ovat yetkazib berilishini qabul qilish mumkin emas. Rossiya qamog’idagi ukrainalik siyosiy mahbuslar Savchenko, Sensov va boshqalar ozod etilishi kerak, Milliy Majlis yetakchilari o’z vatanlariga kiritilishi kerak. Qrimda so’z erkinligi ta’minlanishi, xalqaro tashkilotlar, jurnalistlar ishlashiga ruxsat berilishi kerak”, - deydi Erfan Quddusov.

Ukraina hududidan yarim orolga yo’l olayotgan yuk mashinalari o’tkazilmayapti. Ayni paytda Qrimga kiruvchi yo’llarda yuk mashinalar karvonining uzunligi bir necha kilometrga cho’zilgan. Ukrainadan Qrimga asosan oziq-ovqat mahsulotlari olib kiriladi. Qamal fuqarolar qatnoviga, yakka tartibda oziq-ovqat o’tkazilishiga to’sqinlik qilmaydi.

Qrim-tatarlar aksiyasini Xerson viloyati ma’muriyati, mamlakatdagi ko’ngilli batalyonlar qo’llab quvvatlayapti.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi qamal amaliyoti davrida xavfsizlik ta‘minlanishini o’z bo’yniga olgan.

Prezident Petro Poroshenko tatarlar aksiyasiga to’sqinlik qilmasligini bildirgan.

Parlament a’zosi, tatar lider Mustafo Jemilevga ko’ra, qamal bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Qrim hukumati yarim orol allaqachon Rossiya mahsulotlari iste’moliga o’tgan deya blokada samara bermasligini qayd etmoqda. Ammo “Qrim blokadasi” ortidan yarim orolda oziq-ovqat mahsulotlari bahosi ko’tarilgan.

Qrim-tatarlar lideri Mustafo Jemilev

Qrim-tatarlar lideri Mustafo Jemilev

Erfan Quddusov:

“Hozircha samara haqida gapirish qiyin, chunki odatda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi biron haftalar o’tib bilinadi. Xullas, bosqinchilar bu narsani to’la his qilishlari uchun bir necha hafta vaqt ketadi. Boshqa tomondan bu aksiyaga Ukrainadagi jamotchilik ham faol qo’shilmoqda. Ishg’olchilar bilan savdo aloqalari davom etib kelganidan ko’pchilik g’azabda, bu narsani bir yillar avval boshlash lozimligini aytishmoqda”.

Qamal Qrim bilan savdo munosabatlarini davom ettirib kelayotgan ukrain tadbirkorlari orasida norozilik ham uyg’otgan. Bu guruhlar “Qrim blokadasi”ni yo’qqa chiqarishga harakat qiladi.

Erfan Quddusov hukumatni zudlik bilan Qrim bilan savdo tartibiga doir qonunga o’zgartirish kiritishga, korrupsiya yo’li bilan ish qiladigan doiralar javobgarlikka tortilishi kerak.

Blokada boshlanishi ortidan Mustafo Jemilevning Qrimdagi uyida norozilik aksiyasi o’tkazilgan, Milliy Majlis yetakchilari keyingi qadamlardan ogonlantirilgan.

Qrim-tatarlar Rossiyani hukmron kuch sifatida tan olmaydi

Qrim-tatarlar Rossiyani hukmron kuch sifatida tan olmaydi

Qrim yarim oroliga quruqlik orqali kiruvchi asosiy yo’llar Ukarina hududidan o’tadi. Har kuni Ukrainadan Qrimga 400 dan oshiq yuk mashinalari o’tar edi. Qrimni elekt energiyasi bilan ham Ukraina ta’minlab keladi.

Qamal tashkilotchilardan biri, tadbirkor Lenur Islomov tatarlar o’z “Maydoni“ni yaratmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG