Qrim-tatarlar yetakchisi Refat Chubarov yarimorolga kiritilmaydi


Qrim-tatarlar yetakchisi Refat Chubarov qurultoyda so'zlayapti. 29-mart, 2014-yil.

Qrim-tatarlar yetakchisi Refat Chubarov qurultoyda so'zlayapti. 29-mart, 2014-yil.

Milliy Majlisning Ukrainadagi yig’inidan qaytgan Chubarov cheragadan o’tkazilmagan, ekstremistik faoliyati uchun, deydi prokuratura.

Qrim-tatarlar yetakchilaridan biri, Milliy majlis raisi Refat Chubarovning Qrimga kirishi taqiqlab qo’yildi.

Milliy majlisning Ukrainadagi yig’inidan uyiga qaytgan Chubarov cheragadan o’tkazilmagan, unga besh yilgacha yarimorolga kiritilmasligi aytilgan.

Avvalroq yana bir qrim-tatar lideri Mustafo Jemilevga ham shunday ogohlantirish berilgan edi.

Bu xabar Ukraina Tashqi ishlar vazirligining keskin noroziligiga sabab bo’ldi.

Kiyev nazarida, bunday totalitar usul bilan Qrim aholisi noroziligini bostirish aqlsizlikdir.

Ukraina hukumati xalqaro jamoatchilikdan Rossiyaning bu bosimlarini qoralab, Qrimning tub aholisi yetakchilari Mustafo Jemilev va Refat Chubarovni vatanga qaytishini qo’llab-quvvatlashni so'ramoqda. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham o’z xavotrini bildirdi.

Chubarov Milliy majlisning 4-5-iyulda Xerson viloyatidagi ko’chma yig’ilishidan qaytayotganda chegarada ushlangan. Qrim prokurori unga ekstremistik harakat haqidagi ogohlantirishni o’qib bergan. Milliy majlis yig’ini yuzasidan matbuotda gapirgan Chubarov unda asosan qurultoyning navbatdagi sessiyasi muhokama qilinganini aytgan.

“Bizning vatanimiz atrofida bo’layotgan so’nggi voqealar Qurultoy ishiga yangicha bir yondashuv lozimligini ko’rsatmoqda. So’nggi to’rt oydagi voqealar Qurultoyni Qrimda emas, balki qrim-tatarlar ko’p yashaydigan boshqa bir davlatda tashkil etishga majbur etmoqda. Ehtimol, bu Turkiya bo’lar”, - degan edi Refat Chubarov.

U Qrimga kirtilmaganidan so’ng vaziyat bo’yicha muzokara uchun Turkiyaga taklif qilingan. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmed Dovuto’g’li Mustafo Jemilev va Refat Chubarov bilan muloqot qilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Chubarovning Qrimga kiritilmasligidan tashvish bildirar ekan, bu qaror vatanga qayta olmayotgan Mustafo Jemilev ishtirokidagi yig’ilishdan so’ng qabul qilinayotganiga ahamiyat qaratadi.

Qrim Rossiyaga qo’shib olinishi ortidan Ukraina yaxlitligi tarafdori bo’lgan qrim-tatarlar muttasil bosim ostida qoldi. Milliy majlis raisi o’rinbosari Narimon Jalilov so’zlariga ko’ra, yarimorolda millatchilik kayfiyati kuchaygan.

Mustafo Jemilev Rossiya maxsus xizmati qrim-tatarlardagi hamjihatlikni yo’qotish uchun ish olib borayotganini ta’kidlaydi. Chubarov Qrimga kiritilmayotgani yuzasidan sudga shikoyat qilmoqchi.

Qrim-tatarlar lideri Mustafo Jemilev nazarida Rossiya maxsus xizmati uning xalqi hamjihatligini buzmoqchi

Qrim-tatarlar lideri Mustafo Jemilev nazarida Rossiya maxsus xizmati uning xalqi hamjihatligini buzmoqchi

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG