Qrim tatarlari faoli: Xalqimiz yana Moskva tazyiqiga uchramoqda


Qrimning Bog'chasaroy shahridagi tepalikka o'rnatilgan Rossiya bayrog'i, 28-mart, 2014-yil.

Qrimning Bog'chasaroy shahridagi tepalikka o'rnatilgan Rossiya bayrog'i, 28-mart, 2014-yil.

Kuzatuvlarga ko’ra, Rossiya Qrim tatarlariga nisbatan bosimni kuchaytirmoqda. Milliy Majlis yetakchisi Refat Chubarov jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan, bir necha faolga esa ekstremistik faoliyatga aloqadorlik aybi bilan tahdid qilinmoqda. Stalin tomonidan Qrim tatarlarining yoppasiga surgun qilinishining 70 yilligini xotirlash arafasida turgan mahalliy aholi qatag`onlar to’lqinining yana qaytishidan xavotirda. 18-mayda Stalin qatog`onining 70 yilligini xotirlashga hozirlik ko`rayotgan Qrim tatarlari yana Moskva tazyiqlariga yuz tutmoqda.

Qrim prokuraturasi Milliy Majlis raisi Refat Chubarovni Rossiya qonunchiligini buzishda ayblagan va jinoiy ish ochish tahdidi bilan ogohlantirgan. Majlis faollaridan yana biri ekstremistik harakatda ayblangan, bir nechtasi jarimaga tortilgan.

Mustafo Jemilov Rossiya cheragachilari tomonidan Qrimga kiritilmagandan so’ng minglab Qrim tatarlari o`z yetakchisini kutib olish uchun chegaraga chiqqan edi. Bu harakat ortidan Qrim tatarlariga nisbatan bosim kuchaygan.

Milliy Majlis raisi o`rinbosari Nariman Jalilovning aytishicha, ayni paytda Majlis faollarini mamuriy javobgarlikka tortishga qaratilgan sudlar bo`lib o`tmoqda.

“Chegarada yuz bergan aksiyada ishtirok etgan fuqarolarga nisbatan 10 ming rubl miqdoirida jarima belgilanmoqda. Majlisning bir nechta faollarini esa prokuraturaga chaqirishgan. Refat Chubarovga nisbatan e`lon qilgan ogohlantirish videoga olib tarqatildi. Unda Qrim prokurori Poklonskaya jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirishni o`qib bergan. Hozircha Majlis faollariga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida aniq ma`lumot yo`q, ammo bunining ehtimoli juda kuchli. Qrimdagi vaziyat esa juda qaltis, millatchi guruhlar yaqinda qrim tatarlaridan yana birini kaltaklab ketishdi”, - deydi Narimon Jalilov.

18-may kuni Qrim tatarlarining Stalin buyrug’i bilan qatag`on qilinganiga 70 yil to`ladi. Qrim tatarlari har yili 18-mayda qatag`on qurbonlarini xotirlab, motam marosimini o`tkazadi. Bu safar xotira marosimining qanday tartibda o’tishi ma’lum emas.

Qrim hukumati ham 18-may kuni Simferopolda Moskva delegatsiyasi ishtirokida deportatsiyaga uchragan xalqlar xotirasiga bag`ishlangan tadbir o’tkazishni belgilagan.

“Majlis Qrim tatarlari qatago`nini xotirlash tadbirini avvaldan muntazam o`tkazib keladi. Qrim tatarlari uchun bu eng muhum tadbir. Qrim hukumati rejalagan tabir esa deportatsiyaga tushgan xalqlar xotirasi kuni deb ataladi. Biz so`nggi vaziyatdan kelib chiqib, turli provokatsiyalar uyushtirilishini, hatto ayrim faollarimizni hibsga olishlari mumkinligini ham ehtimoldan soqit qilmayapmiz. Mustafo Jemilovni xotira marosimida ishtirok eta olishi yoki olmasligi haqida hozir aniq bir narsa deyish qiyin. Turkiya tomoni Jemilov masalasida Rossiya hukumati bilan muzokaralar o`tkazish niyatida”, - deydi Nariman Jalilov.

2-may kuni Moskvadan Simferopolga uchishni maqsad qilgan Jemilovni Moskvadan chiqarib yuborishgan edi. 3-may kuni u Kiyevdan Qrimga borayotgan payt cheragadan o`tkazilmagan. Rossiyaning bu qaroridan norozi bo`lgan minglab Qrim tatarlari Jemilovni kutib olish uchun rus chegarachilari kardonini kesib o`tgan
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG