Breaking News

Qrim tatarlari kelajakdan xavotirda


Qrim tatarlari urush va bo'linishga qarshi norozilik namoyishi o'tkazmoqda, Simferopol, 10-mart, 2014-yil.
Qrim tatarlari urush va bo'linishga qarshi norozilik namoyishi o'tkazmoqda, Simferopol, 10-mart, 2014-yil.
Qrimning Rossiyaga qo’shilishi masalasini hal qilishi kutilayotgan referendum yaqinlashgan sari Qrim tatarlarining xavotiri oshib bormoqda.

Bunday kayfiyat nafaqat Qrimda, balki Ukrainaning boshqa mintaqalarida yashovchi qrimliklar orasida ham yuqori. Kiyevning Mustaqillik maydonida joylashgan tatar restorani egasi Linara Smilieva barcha yaqinlari Qrimda bo’lgani bois tashvishda ekanini aytadi.

“Vatanimizning taqdiridan juda xavotirdaman. Bilasiz, Qrim tatarlari o’zi yaqinda vatanlariga qaytgan. Vatanimizni yana ikkinchi marta boy berishni istamaymiz”, - deydi u.

Qrim tatarlari II jahon urushi davrida Stalin tomonidan yoppasiga O’zbekistonga badarg’a qilingan. Faqat Sovet ittifoqi qulagandan keyingina ularga rasman Ukrainaga qaytish ruxsati berilgan.

Linaraning aytishicha, ukrainlar Qrim tatarlarining Moskvaga qarshi kayfiyatini yaxshi tushunadi va qo’llab-quvvatlaydi.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha mutaxassis Olessa referendum Qrim tatarlariga faqat ikkita yo’l berganini aytadi: mustaqil bo’lish yoki Rossiyaga qo’shilish.

“Aholi Ukraina telekanallaridan uzib qo’yilgan. Ular ukrainlar bilan ham gaplasha olmaydi. Hamma tomondan ular to’sib qo’yilgan. Shunday ekan, referendumni erkin tanlov yoki demokratik asosda o’tyapti, deb ayta olamizmi? Uni hatto referendum deb atab ham bo’lmaydi”, - deydi Olessa.

Mahalliy faollardan biri Alim Aliyev Qrimliklarga va bu yerni tark etish niyatida bo’lganlarga yordam beruvchi Tatar huquqlari guruhida ishlaydi.

Uning aytishicha, vaziyatdan eng ko’p qo’rquvga tushayotganlar bular Qrim tatarlari. Chunki ular Rossiya chegarasi yaqinida yashashning qanday xavflar tug’dirishi mumkinligini yaxshi bilishadi, deydi u.

Simferopol ko’chalari rasman ruslar nazorati ostida. Bu yerda hozir nafaqat parlamentni qo’lgan olgan rossiyaparast kuchlarni, balki Moskva jo’natgan diplomatlarni ham ko’rish mumkin.

Shahar bo’ylab Rossiyaga qo’shilishni targ’ib etuvchi plakatlar o’rnatilgan. Ulardan ayrimlarida tanlov yo Rossiya yoki fashizm o’rtasida ekani aytiladi.

Ingliz tilida lavha:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG