Ted Kruz - respublikachilardan prezidentlikka da'vogar

  • Amerika Ovozi

Respublikachilardan prezidentlikka da'vogar Ted Kruz

Respublikachilardan prezidentlikka da'vogar Ted Kruz

Texaslik senator Ted Kruz 2016-yil prezident saylovlarida ishtirok etishini ma'lum qildi. U Respublikachilar partiyasidan yagona nomzod bo'lishga harakat qilishini aytmoqda.

"Men Amerika va uning xalqiga ishonaman", - dedi u.

Kelasi haftalarda yana bir necha respublikachi arbob nomzodini e'lon qilishi kutilmoqda.

44 yashar Ted Kruz 2013-yildan beri Senat a'zosi, Respublikachilar partiyasining konservativ qanoti bo'lmish Choychilar harakati lideri. U Prezident Obamaning tibbiy sug'urtaga doir qonunini bekor qilmoqchi, soliq qo'mitasi va Ta'lim vazirligini yopmoqchi.

Respublikachilar orasida Florida sobiq gubernatori Jeb Bush, Viskonsin gubernatori Skott Uoker, Texas sobiq gubernatori Rik Perri, senatorlar Rend Pol va Marko Rubio ehtimoliy nomzodlar, ammo saylovda qatnashish qarorini hali e'lon qilmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG