Dakota quvuriga qarshi namoyishlar tingandek

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Dakota shtatida tub aholi, hindu qabilalar, yangi neft quvuri bunyod etilishiga qarshi. Qurilish maydoniga o't qo'yilgan.

Shimoliy Dakota shtatida tub aholi, hindu qabilalar, yangi neft quvuri bunyod etilishiga qarshi. Qurilish maydoniga o't qo'yilgan.

Shimoliy Dakota shtati yangiliklarda kamdan-kam tilga olinadigan joy. Tinch, osuda, aholisi oz lekin maydoni keng bir hudud. Tub aholi, hindu qabilalar, bir necha oydan beri bezovta. Chunki ularning yeridan federal hukumat yangi quvur o'tkazmoqchi.

Norozilik namoyishlari sal tingandek, lekin qarshilik hamon kuchli, deydi faollar.

Bu haftadagi chiqishlar to'polonga aylanib, vaziyatni o'nglash uchun 100 dan ortiq politsiya safarbar etilgan.

Quvurni yotqizish ishlari esa davom etmoqda.

Namoyishchilar - mahalliy hindular

Namoyishchilar - mahalliy hindular

Namoyishchilar egallab olgan hudud tozalanmoqda va 100 dan ortiq odam hibsga olingan. Ularning orasida keksa yoshli fuqarolar bor.

Qarshilik ko'rsatayotganlarning aksariyati muammo tinch yo'l bilan hal etilishini istaydi. Fuqaro norozi, deydi ular, nega ish to'xtamayapti?

Namoyishchilar birlashgan kuch emas. Bir tomon siyosiy yechim qidiraylik desa, ikkinchi tomon bosh ko'tarish orqali loyihani bekor qilamiz, deydi. Yana bir tomon esa quvur balki iqtisodiy foydadir, degan fikrda.

Quvur o'tadigan yerlarda chorvachilik katta biznes. Fermerlar yerlari ularni chetlab o'tgan holda o'zgartirilayotganidan norozi. Hukumat esa hech kimning yeri tortib olinmayapti deya javob qiladi. Infrastruktura taraqqiyotining bir qismi bu, deydi rasmiylar.

Qabilalar nazarida esa quvur ichimlik suvi ta'minotini buzadi va ularning muqaddas joylarini paypaslaydi.

Yangi quvur to'rt shtatni qamraydi

Yangi quvur to'rt shtatni qamraydi

Shimoliy Dakota shtati

Shimoliy Dakota shtati

Mamlakat bo'ylab turli qabilalar Shimoliy Dakotadagi norozi ommaga hamdardlik bildirib, ularni olqishlamoqda. Prezident Barak Obamaga xat yozib, undan masalani tezlikda hal etishni so'rashmoqda. Kongressga ham shunday maktublar yuborilgan.

Hukumat loyihani vaqtincha to'xtatishni buyurgan. Lekin quvurni qurayotgan kompaniya mahalliy sudlarga murojaat qilib, ishni davom ettirish uchun ruxsat qolgan. Shtatning adliya tizimi hukmiga ko'ra, hammasi joyida, deydi rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG