Dalay Lama Xitoy bo'lg'usi rahbaridan siyosiy islohot kutmoqda


Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama Yaponiyada, 5-noyabr, 2012-yil.

Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama Yaponiyada, 5-noyabr, 2012-yil.

Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama Xitoyda hokimiyatga kelishi kutilayotgan yangi rahbar siyosiy islohotga qo’l urishiga umid qilmoqda. Iqtisodiy islohotlar o’z mevasini bermoqda, endi navbat siyosiy reformalarga, deydi u.

"Xu Sintaoning davri o’tdi, endi Si Zinpin prezident bo’ladi. Siyosiy o’zgarish boshlamasa, bo’lmaydi, axir iqtisodiy islohotdan foyda bo’lyaptiku", - deydi Dalay Lama.

Payshanba kuni Kommunistik partiyaning Pekinda o’tadigan syezdida vitse-prezident Si Zinpin avval partiya ustidan rahbarlikni, mart oyida esa prezidentlikni ham o’z qo’liga olishi kutilmoqda.

Dalay Lama Xitoy hukumatining islohotlarni amalga oshirishda kuch ishlatish siyosatini tanqidga oldi.

"Bu barqarorlikka qarshi usuldir", - deydi u.

Pekin Dalay Lamani Tibetni Xitoydan ajratib olishga harakat qilayotganlikda, o’lkada zo’ravonliklarga sabab bo’layotganlikda ayblab keladi. O’tgan yil mart oyidan beri 60 dan ziyod tibetlik Xitoy siyosatiga norozilik ramzi sifatida o’zini yoqdi. Dalay Lama “bizga tilimiz, dinimiz, madaniyatimizni qadrlashga imkon beruvchi muxtoriyat kifoya” deb keladi.

Uning aytishicha, agar Xitoy bir oz demokratlashsa, qo’shnilar bilan ham muammolar va tortishuvlarni hal qilish osonroq bo’lardi, xususan, Xitoy atrofidagi dengizlarga da’vo qilayotgan mamlakatlar bilan.

"Muammolar hal bo’lmasa-da, ziddiyatlar pasayadi", - deydi u.

Aksariyat tahlilchilar Xitoyda rahbarning o’zgarishi islohotlarga yetaklamaydi, degan fikrda.
XS
SM
MD
LG