Din

"Amerika Ovozi" rahbari: Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

  • Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" direktori Deyvid Ensor musulmon olamini hayit bilan muborakbod etdi:

"Assalomu alaykum, men Deyvid Ensor, Vashingtonda asoslangan "Amerika Ovozi" direktoriman.

Tashkilotimiz nomidan musulmon muxlislarimizni, tomoshabin va tinglovchilarimizni Iydi Ramazon ayyomi bilan muborakbod etaman.

Bu muqaddas oy davomida jurnalistlarimiz sizni dunyo yangiliklaridan boxabar qildi, shuningdek, islom olami Ramazonni qanday o'tkazayotgani haqida ma'lumot berdi. Dasturlarimiz orqali siz bilan yaqin aloqada qolamiz.

Hayit - birdamlik, hamjihatlik va yangilanish ayyomi. Bizning global muxlislarimizdan biri ekaningiz uchun sizga tashakkur bildiramiz.

Vassalomu alaykum".


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG