Muhojirlarsiz bir kun

  • Amerika Ovozi

Vashingtondagi restoranlar muhojirlar taqdiriga e'tibor qaratib, bir kun ishlamadi.

Qo'shma Shtatlarda prezident saylovlari ortidan muhojirlarning tinchi buzildi. Immigrantlarni kiritmaslikka doir farmon chiqdi, noqonuniy muhojirlar zo'r berib deportatsiya qilinmoqda.

Biroq immigrantlar qo'l qovushtirib o'tirgani yo'q. Amerikada shu hafta muhojirlarsiz bir kun degan tadbir o'tdi. Bizneslar anchayin daromadidan ayrildi.

Amerika bo'ylab payshanba kuni ko'plab bizneslar yopiq edi.

Immigrantlar ishga chiqmadi. Ishlar to'xtab qoldi.

Qo'shma Shtatlar muhojirlarsiz qay ahvolga tushishini namoyish etish uchun qilingan ish edi bu.

"Ishlay olmadik. Xodimlarsiz qo'limiz bog'liq edi. Nafaqat restoranlar, balki boshqa bizneslar ham kasodga uchraydi bunaqada", - deydi restoran sohibasi Jeki Grinbaum.

Bir kun ishlamaslik oqibatida bizneslar minglab dollar daromadidan ayrildi. Amerikada muhojirlar taqdiriga diqqat qaratish uchun foydadan voz kechishga ham rozimiz, deydi bizneslar egalari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG