Qurol savdosi bobida Amerika dunyoda yetakchi

  • Amerika Ovozi

Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi

Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi

Qo'shma Shtatlar qurol eksporti bo'yicha jahonda yetakchilikni saqlab qolayapti. O'tgan yili dunyo davlatlariga, ayniqsa, Yaqin Sharq mamlakatlariga 23 milliard dollarlik qurol-yarog' yetkazgan.

"IHS Jane" konsultantlik firmasi global mudofaa xarajatlariga doir hisobotni e'lon qildi. Unga ko'ra, jahon mudofaa savdosi o'tgan yili 6,6 milliard dollarga oshib 65 milliard dollarga yetgan. Amerika eksporti 2009-yildan beri 10 milliard dollarga ko'payib, bugun 23 milliard dollarni tashkil etadi.

Mudofaa sarfiyatida 2014-2015-yillar orasidagi kabi o'sishni hali ko'rmagan edik, deydi firma tahlilchisi Ben Murs.

2015-yilda Fransiya qurol savdosini 8 milliarddan 18 milliard dollarga oshirdi. Agar shu yo'sinda davom etsa, Fransiya 2018-yilgacha qurol eksporti bobida Rossiyadan o'zib ketadi. Moskva ikkinchi eng yirik eksportchi mamlakatdir.

Savdodagi o'sish Yaqin Sharq mamlakatlaridan talab oshgani bilan izohlanadi. Bu region 21 milliard dollarlik qurolni sotib olgan, shundan 8,8 milliard dollarlik aslahani Qo'shma Shtatlar yetkazgan.

Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari Yaqin Sharq bo'ylab sotib olingan qurolning yarmidan ko'pini qo'lga kiritgan.

Saudiya o'tgan yili qurol bobida eng yirik importchi mamlakat sifatida har xil jangovar samolyotlar, aniq nishonga oladigan qurollar, dronlar, razvedka aslahalarini xarid qildi. Mamlakat Yamanda isyonchilar bilan olishib keladi.

G'arb davlatlari sanksiyalarni yumshatgani ketidan Eron o'zining harbiy havo kuchlarini isloh qilmoqchi va Rossiya bilan qurol savdosini oshirmoqchi.

Misr mudofaa importi bo'yicha jahonda to'rtinchi o'rinda. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari ham 2009-yildan buyon mudofaa sarfiyatini 71 foizga oshirgan. Bu davlatlar Xitoyning oshib borayotgan harbiy salohiyatiga yetib olmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG