Kongressdagi tortishuv bois katta bir vazirlik ishi to'xtab qolay dedi

  • Amerika Ovozi

Ichki xavfsizlik vaziri Jey Jonson

Ichki xavfsizlik vaziri Jey Jonson

AQSh Kongressiga ko'ra, Ichki xavfsizlik vazirligi faoliyati uchun yana bir haftaga moliya ajratiladi.

Respublikachilar va demokratlar bu organ byudjeti ustida kelisha olmagani sabab uning ishi to'xtab qolishi mumkin.

Kelishmovchilik ortida Oq uyning millionlab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilmaslik qarori turibdi. Prezident Barak Obama bu farmoni bilan immigratsiya tizimi islohotini kuchaytirmoqchi. Biroq Kongressda ko'pchilikni tashkil qiluvchi respublikachilar bunga qarshi. Immigratsiya bilan bog'liq har qanday vazifa esa Ichki xavfsizlik vazirligi zimmasida.

Senat immigratsion cheklovlarni chetga surib, vazirlik uchun 39,7 milliard dollarlik yillik moliya ajratish uchun ovoz bergan edi. Biroq Vakillar palatasiga kelganda, respublikachilar bunga ko'nmadi.

"Prezident xavfli yo'ldan bormoqda. Konstitutsiyani buzmoqda. Immigratsiya bobida biz bilan kelishmay o'zboshimchalik qilishiga yo'l qo'ya olmaymiz",- deydi respublikachi kongressmen Ostin Skot.

Oq uyga ko'ra esa prezident bu borada farmon berishga haqli, bosh qomus kafolatlovchi vakolat bu.

Farmon to'rt million hujjatsiz immigrantni deportatsiyadan saqlab qolishi mumkin. Konservatorlar nazarida Amerikada noqonuniy yashayotgan odamlar bunday imkoniyatga arzimaydi. Davlatga ular juda qimmatga tushmoqda, deydi qarshi tomon.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG