AQShning so'nggi raketasi Vashingtonga keltirildi

  • Amerika Ovozi

"Diskaveri" fazo kemasi NASAga qarashli Boing samolyotining ustida Vashingtonga yetkazildi, 17-aprel, 2012-yil

"Diskaveri" fazo kemasi NASAga qarashli Boing samolyotining ustida Vashingtonga yetkazildi, 17-aprel, 2012-yil

Qo'shma Shtatlar fazo dasturini yopar ekan, bugun "Diskaveri" (Discovery) raketasi Floridadagi Kennedi fazo markazidan Vashingtonga keltirildi. Xizmat muddatini o'tab bo'lgan kosmik kema 28 yillik parvozlardan so'ng endilikda Avia va fazo muzeyidan joy oladi.

28 yil davomida "Diskaveri" 39 bor kosmosda bo'ldi. So'nggi vazifasini o'tgan yil mart oyida yakunladi.

AQSh Fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) endilikda yangi avlod raketalarini yaratishga kirishadi. Ularni Yer orbitasidan nariga uchirish rejada bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG