Dollar qadrsizlanar ekan, oltin yana to’lov vositasiga aylanmoqda


Dollar qadrsizlanar ekan, oltin yana to’lov vositasiga aylanmoqda

Dollar qadrsizlanar ekan, oltin yana to’lov vositasiga aylanmoqda

Qo’shma Shtatlar va Yevropa qarz changalida. 2008-yilda global moliya tizimiga tushgan darz tobora kengayib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ogohlantirishicha, agar dollar qulasa butun dunyo iqtisodiyotini o’zi bilan tortib ketadi.

Krizisdan pana joy izlayotgan investorlar bor pulini oltinga tikar ekan, uning bahosi rekord ko’rsatkichga yetgan.

Xo’sh, davlatlar zaxiradagi tillani sotib, qarzdan qutulishi mumkinmi?

“Oltin standart”ga asoslangan tizim shundan iboratki, har bir davlat valyutasi zaxiradagi oltin hajmi bilan o’lchanadi. 1944 yili, Ikkinchi jahon urushi paytida AQShning Nyu-Gempshir shtati, Bretton-Vuds shahrida 44 mamlakat vakillari majlis qilib, dunyo moliya tizimini qanday idora etish yuzasidan kelishib oladi.

Bretton-Vuds konferensiyasi, 1944 yilning iyul oyi

Bretton-Vuds konferensiyasi, 1944 yilning iyul oyi

Unga muvofiq ishtirokchi davlatlar o’z milliy valyutasini Amerika dollariga bog’lab, 30 grammcha oltin bahosi 35 dollar deb belgilangan.

Ammo 1971 yilda Qo’shma Shtatlar yakka tartibda Bretton-Vuds tizimidan voz kechdi.

Dollar qiymati o’shandan buyon oltin bilan emas, balki AQSh hukumati va iqtisodiyotiga bo’lgan ishonch bilan kafolatlanadi. Boshqacha qilib aytganda, bugun 14 trillion dollar qarzga ega davlatning valyutasi zaxira rolini bajarmoqda.

Jon Myuller, Vashingtonda Etika va Siyosat tahlil markazi tadqiqotchisi deydiki, “oltin andoza” bo’lganida AQSh va Yevropa bunchalik qarzga botmagan bo’lardi.

“Vaqti-vaqti bilan inflyatsiyani va 2007-2009 yillarda bo’lgani kabi krizisni keltirib chiqarayotgan – hozirgi valyuta siyosatidir. Shu tufayli xalqaro sahnada Amerikaning raqobatbardoshligi tushib ketgan. Amaldagi qoidalar federal byudjet kamomadi oshishiga xizmat qiladi. Qarz ustiga qarz olaveramiz. Moliyaviy tartib degan narsa yo’q”, - deydi Myuller.

Dollar qadrsizlanar ekan, oltin yana to’lov vositasiga aylanmoqda

Dollar qadrsizlanar ekan, oltin yana to’lov vositasiga aylanmoqda

Xalqaro Oltin Kengashiga ko’ra, dunyoda bu qimmatbaho mahsulotdan taxminan 165 ming tonna bor. Bu qancha o’zi deb so’rasangiz, uch qavatli binodek keladi.

Qo’shma Shtatlar dunyoda eng ko’p tillaga ega mamlakat. Hozirgi narx bilan 370 milliard dollarga teng. Ayrim tahlilchilar uni sotib, qarzni uzsak-chi degan taklifni olg’a surmoqda.

“Yomon taklif emas”, - deydi Amerika Tashqi Aloqalar kengashi eksperti Stiven Danevey. “AQSh qo’lidagi oltinning katta qismini 35 dollardan sotib olgan. Hozir 31 grammiga 1500 dollar berishadi. Yaxshi daromad qilsa bo’ladi”.

Lekin masalaning ikkinchi bir tarafi bor.

“AQSh shuncha oltinni bozorga olib chiqib sotaman desa, mahsulot narxi pasayib ketishi muqarrar. Chunki eng ko’p zaxiraga ega mamlakatmiz. 1,5 ming dollar bu talab va taklif o’rtasidagi muvozanatdan kelib chiqqan narx. Ancha tushib ketgan bo’lardi”, - deydi ekspert.
Merilend Universiteti professori Piter Morisi deydiki, byudjetni tuzatish yoki qarzni to’laymiz deb oltin zaxirasini sotish haqida gap bo’lishi mumkin emas.

Dollar qadrsizlanar ekan, oltin yana to’lov vositasiga aylanmoqda

Dollar qadrsizlanar ekan, oltin yana to’lov vositasiga aylanmoqda

“Undan ko’ra Amerika dollarga bo’lgan ishonchni tiklasin. Kamomadni bir yoqlama qilsa, iqtisodiyotini yaxshiroq boshqarsa, shuning o’zi kifoya”.

Lekin amerikaliklar qarzga yashashga o’rganib qolgan. Yo’q pulni ishlatmaslik kerak vassalom, buni ta’minlovchi bir mexanizm ishlab chiqish kerak, deydi olim Jon Myuller.

“Sizga aniq aytaman-ki, siyosatchilar qo’lidan kelmaydigan ish bu. Qarz to’plashni qonun bilan man etish kerak. Effektiv chora deb shuni aytadi”

Oltin jahon bozorida qimmat bo’lishiga qaramasdan talab pasaygani yo’q. Markaziy banklar dollarga uncha ishonmay qo’ygan. Meksika markaziy banki yaqinda yana 100 tonna oltin xarid qildi.

“Bu shundan dalolatki, hukumatlar avvalgidek dollar kuchiga ishonib o’tirmaydi. To’g’ri, Qo’shma Shtatlar ombori oltinga to’la. Lekin sarmoyachiga tinchlik, xotirjamlik va kafolat kerak. Shu bois qimmatbaho toshlarning bozori chaqqon. Oltin yana to’lov vositasi sifatida muomala kiradi deb o’ylayman. Dollar bilan teng yuradigan valyuta sifatida”, - deydi professor Piter Morisi.

Mutaxassislar nazarida oltin zaxirasini bozorga chiqarish AQShni o’ta mushkul ahvolda qolgan, qo’shimcha daromadga zor mamlakat qilib ko’rsatadi.

Dollar qiymatini ko’tarib turgan, Amerikaga sarmoyachilarni jalb qiladigan - oltin. Bu kafolat-boylikni sotib yuborish global moliya tizimini larzaga solgan bo’lardi.

XS
SM
MD
LG