Donald Tramp Oq uy uchun poygaga kirdi

  • Amerika Ovozi

Multimilliarder Donald Tramp prezidentlik uchun poygaga kirgan 12-respublikachi. 69 yoshli Tramp biznes magnat, sarmoyachi, teleyulduz va bir necha kitoblar muallifi. O'z global tashkilotini boshqaradi.

Prezident Barak Obamani Amerikada tug'ilmaganlikda va soxta hujjatlar bilan Oq uyni egallab o'tirganlikda ayblab keladi.

Bugun nomzodini e'lon qilgan Tramp fikricha, AQSh siyosiy va iqtisodiy tizimini boshdan oyoq isloh qilish kerak va bu yurtga o'ta ishbilarmon va uddaburo lider kerak.

"Mana men", - deydi u. "Bilasizmi, hayotim davomida shuni eshitib kelaman: men singari muvaffaqiyat qozongan odam davlat ishiga saylanmasligi kerak emish. Saylana olmas emish. Lekin bu davlat buyuk bo'lib qolsin desak, aynan menga o'xshagan shaxs kerak emasmi? Shu bois, janoblar va xonimlar, bugun men Amerika Qo'shma Shtatlari prezidentligi uchun kurashga kirayapman. Biz davlatimiz qudratini oshirishga bel bog'laganmiz".

Tramp AQShning hozirgi tashqi va ishki siyosatini buzuq deb ataydi. O'zini siyosatchiman deb yurganlar aslida irodasiz va noqobil odamlar va "men mamlakatni to'g'ri yo'lga boshlayman",- deydi Tramp.

Demokratlardan prezidentlik uchun sobiq davlat kotibi Hillari Klinton, Merilend shtati sobiq gubernatori Martin Omalli, Vermont shtatidan senator Berni Sanders va Roud Aylend shtatidan sobiq senator va gubernator Linkoln Cheyfi kampaniya boshlagan.

Donald Tramp 16-iyun kuni Nyu-Yorkda so'zlamoqda

Donald Tramp 16-iyun kuni Nyu-Yorkda so'zlamoqda

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG