AQSh-Xitoy rahbarlarining muloqoti qanday kechmoqda?

  • Amerika Ovozi

Florida shtati, 6-aprel, 2017

6-aprel kuni Xitoy rahbari Si Zinpinga mezbonlik qilgan Prezident Donald Tramp deydiki, ikkovlon bir-biri bilan oson til topishgan va murakkab masalalarni birgalikda hal eta oladi.

Zinpin jurnalistlar oldida so'zlamagan lekin Tramp Suriya va Shimoliy Koreya yuzasidan savollarga javob berdi.

Shu kuni AQSh prezidenti Suriya rahbari Bashar al-Assadni begunoh fuqarolarga qarshi kimyoviy qurol qo'llaganlikda ayblab, Amerika havo kuchlariga bu mamlakatdagi muayyan harbiy bazani nishonga olishni buyurgan. Kimyoviy hujumlar makoni shu yer, deydi Tramp.

Florida shtati, 6-aprel, 2017

Florida shtati, 6-aprel, 2017

Juma kuni ham davom etadigan muzokarada Tramp Xitoy prezidenti bilan asosan ikki mavzuda gaplashmoqda: Shimoliy Koreyaning atom maqsadlarini cheklash, shuningdek, ikki davlat orasidagi savdo kamomadini pasaytirish. Hozirda bu kamomad 310 milliard dollarni tashkil etadi, deydi Tramp, Amerika ulkan zarar ko'rmoqda.

“Xitoy xohlasa, Shimoliy Koreyani yo'lga sola oladi, bunga qodir", - deydi Tramp Pekin va Pxenyan orasidagi yaqinlik va hamkorlikka ishora qilib.

"Aks holda AQSh o'zi chora ko'rishga majbur bo'ladi".

Xitoy Shimoliy Koreyani yonilg'i, oziq-ovqat, xom ashyo va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta'minlab keladi. Pxenyan atom va boshqa qurollarga ega bo'lishida ham Pekin hissasi beqiyos, deydi ekspertlar.

Xitoy maqsad tinchlikni saqlash ekanini eslatib, o'z manfaatlari yo'lida siyosat yuritishda davom etmoqchi.

Prezident Barak Obama davrida u bilan iqlim kelajagi yuzasidan kelishib olgan Si Zinpin Prezident Tramp bilan bu borada hamkorlik qilishi shubha ostida. Tramp fikricha, iqlimdagi o'zgarishlar katta muammo emas.

Xitoy Amerikada sarmoyani oshirishi mumkin. Biznes rishtalar yanada kengayishi kutilmoqda.

Tomonlar ziddiyatsiz, o'zaro hurmat asosida, o'zaro manfaatlardan kelib chiqqan holda ishlashga kelishib olgan.

Xitoy va AQSh - dunyoning eng yirik ikki davlati - eng yaqin raqib va hamkor. Ular orasidagi o'zaro tobelik bir-biriga sezilarli darajada zarar keltirishga yo'l qo'ymaydi, deydi siyosatdonlar.

Tahlilchilar deydiki, Prezident Tramp Xitoyni Shimoliy Koreya bilan jiddiy shug'ullanishga ko'ndirish uchun ayrim talablarni chetga surishi mumkin. Xususan, Vashington Janubiy Xitoy dengizi ustidagi kelishmovchilikka ortiq bosh suqmasligi mumkin; Tayvan mustaqilligini quvvatlashni bas qilishi mumkin; Shinjondagi uyg'ur aholini himoya qilishni cheklab, Xitoyda inson huquqlari bilan bog'liq ahvolni kamroq tanqid qilishga o'tishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG