Afg'onistonga 3 milliard dollarlik yordam

  • Amerika Ovozi

FILE -- Amin Karim, representative of Gulbuddin Hekmatyar, right, and Attaurahman Saleem, head of delegation of peace talks, left, exchange documents after signing a peace deal in Kabul, Afghanistan, Thursday, Sept. 22, 2016.

FILE -- Amin Karim, representative of Gulbuddin Hekmatyar, right, and Attaurahman Saleem, head of delegation of peace talks, left, exchange documents after signing a peace deal in Kabul, Afghanistan, Thursday, Sept. 22, 2016.

Yevropa Ittifoqi va Afg'oniston hukumati hamkorlikda tashkil etgan anjumanda xalqaro donorlar Tolibon bilan tinchlikka erishishga harakat qilayotgan mamlakatga 3 milliard dollardan oshiq yordam va'da qilmoqda. Lekin muayyan shartlar asosida: tub islohotlar qilinishi kerak va korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko'rilishi shart.

Richard Olson, AQShning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus elchisi, o'z davlatidan 2020-yilgacha madadni kamaytirmaslikni so'ramoqda.

Brusseldagi anjumanda 70 davlat va 30 xalqaro tashkilot vakili qatnashmoqda.

Hozirda Afg'onistonda dunyo e'tiboridan ancha chetda, biroq Vashington bu mamlakatga befarq emasligini eslatib turibdi.

Kobul nima qilish kerakligini biladi, deydi Olson. Rahbarlar bir-biri bilan til topishishga qanchalik qiynalmasin, kelajakni birga qurishga majbur. Qisqa, o'rta va uzoq muddatda tashlanishi kerak bo'lgan qadamlar belgilab olingan, deydi AQSh rasmiysi, ishlash kerak.

14-sentabrda chiqqan hisobotga ko'ra, Amerika Afg'onistonda milliardlab dollar isrof qilgan. Vashingtonda qonunchilar norozi va yordamni kamaytirish payida.

AQSh Afg'onistonda yiliga 5 milliard dollar sarflab kelmoqda. 4 milliard dollar harbiy maqsadlarda, 1 milliard dollar esa taraqqiyot uchun. Maxsus loyihalar uchun ham alohida, milliardlab dollar, ajratiladi.

Yaqinda Hindiston Afg'onistonga kelasi yillarda 1 milliard dollarga teng ko'mak ko'rsatishga so'z berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG