Senat Jon Brennanni terrorga qarshi siyosat bo'yicha savolga tutdi

  • Amerika Ovozi

Jon Brennan - kontr-terrorizm bo'yicha bosh rasmiy, endilikda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga ko'rsatilgan.

Jon Brennan - kontr-terrorizm bo'yicha bosh rasmiy, endilikda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga ko'rsatilgan.

AQSh Senatining Razvedka qo’mitasi prezident Barak Obama tomonidan Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga ko'rsatilgan Jon Brenanni terrorga qarshi siyosat xususida savolga tutdi.

Senatorlar, xususan, pilotsiz samolyotlar yordamida terrorchilikda gumon qilingan amerikalik fuqarolarni yo’q qilish amaliyoti haqida so'radi.

Brennan, prezidentning kontr-terrorizm bo'yicha maslahatchisi, Kongressdagi bugungi chiqishida Obama siyosatini himoya qildi. Terrorizmga qarshi effektiv kurash shunday choralar ko'rishni taqozo etadi, dedi u.

Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar Yamanda yashiringan amerikalik terrorchi Anvar al-Avlakiyni yo'q qilishda qo'l keldi, deydi Brennan.

Prezident Obama Adliya vazirligiga amaliyotlarga huquqiy asos beruvchi maxfiy hujjatlarni Kongressga taqdim etishni buyurgan. 11 nafar senator hujjatlarni ko’rsatishni talab qilgan.

Brennanning aytishicha, xorijda jangarilarga havodan zarba berish qonuniy va o’ta samarali amaliyotdir. Biroq ayrim qonunchilar, huquqshunoslar va xalqaro tashkilotlar chorani qoralab, bunday siyosat Amerika fuqarosini sudlanish imkonidan mahrum qilishini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG