“Grin karta” lotereyasi uchun ariza topshirish mumkin

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat Departamenti "Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar - DV" (Grin karta) dasturiga 2018-yil uchun arizalarni qabul qilmoqda. Ro‘yxatdan o’tish internet orqali 2016-yil 4-oktabrdan 2016-yil 7-noyabrgacha davom etadi.

Barcha arizalar https://www.dvlottery.state.gov/ sayti orqali topshirilishi shart va ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi. Tegishli forma to'ldirgan odam tasdiq raqamini saqlab qo’yishi zarur.

Har yili hukumat AQShda fuqarolari kam bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun jami 50 ming atrofida doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil mobaynidagi immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlangan; bunda muhojirlar soni past bo‘lgan hududlarga ko‘proq vizalar berilishi ko’zlangan. O’zbekiston uchun, odatda, har yili 5000 atrofida o’rin ajratiladi.

Vizaga murojaat etuvchilar komputer orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi.

Murojaat etuvchilarga arizalarini topshirish uchun ro‘yxatga olish davrining so‘nggi haftasigacha kutmasliklari tavsiya etiladi. Dunyo bo‘yicha talabning o‘ta yuqoriligi tufayli oxirgi kunlarda sayt ishlashi sekinlab qolishi mumkin.

Lotereya natijalari 2017-yil 2-may kuni e’lon qilinadi. 2018-yil 30-sentabrga qadar arizachilar tasdiq raqamidan foydalanib Davlat departamenti sayti orqali lotereyada g‘olib bo‘lgan yoki bo‘lmaganliklarini tekshirishlari mumkin.

Dasturda qatnashish tartibi haqida batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG