Ichak tayoqchalari Yevropa va Qo'shma Shtatlarda katta xavotir uyg'otgan

  • Amerika Ovozi

Ichak tayoqchalari Yevropa va Qo'shma Shtatlarda katta xavotir uyg'otgan

Ichak tayoqchalari Yevropa va Qo'shma Shtatlarda katta xavotir uyg'otgan

Yevropada ichak tayoqchalari bakteriyasi tarqalar ekan, fermerlar sabzavotlarni sota olmay katta zarar ko'rmoqda. Rossiya qit'adan sabzavot mahsulotlarini sotib olishni butunlay to'xtatgan.

Yevropa Ittifoqining Fermerlik sanoati bo'yicha komissari Dasian Siolos fermerlar zararini qoplash maqsadida 220 million dollarlik yordam dasturini taklif qilmoqda.

Bugun Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar qishloq xo'jaligi vazirlari Lyuksemburgda uchrashib, yuzaga kelgan vaziyat va uning iqtisodiyotga ta'sirini muhokama qilgan.

Ittifoqning Sog'liqni saqlash komissari Jon Dalli epidemiya kelib chiqish sababi va manbasi bo'yicha xulosani sinchkov izlanishdan so'ng qilishga chaqirmoqda.

"Chala hisobot iqtisodiyotga zarar keltiradi", - deydi u.

Shu kungacha tarkibida ichak tayoqchalari bor sabzavotni iste'mol qilishdan 23 kishi o'lgan, 2400 dan ziyodi kasallangan.

Bakteriya Germaniyadan tarqalgani aytilmoqda, ammo qanday paydo bo'lgani hozircha noaniq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG