Ebola kasalligidan o'lganlar to'rt yarim mingdan oshdi

  • Amerika Ovozi

Tibbiy xodim kasalni ko'rishga tayyorlanmoqda, Fritaun, Siyerra Leone, 16-oktabr, 2014

Tibbiy xodim kasalni ko'rishga tayyorlanmoqda, Fritaun, Siyerra Leone, 16-oktabr, 2014

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga ko'ra, Ebola kasalligidan o'lganlar soni 4555 ga yetgan. Yuqtirganlar esa 9200 nafar.

Liberiya, Gvineya, Siyerra Leone epidemiyadan eng ko'p aziyat chekayotgan jamiyatlar.

Tashkilot kasallikka qarshi vaqtida chora ko'rmagani uchun tanqid ostida. BMT agentligi vaziyatga loqayd edi, virus tarqalishining oldini olish mumkin edi, deydi bu mamlakatlardagi mahalliy mutaxassislar.

Aytish joiz, yuqorida nomi tilga olingan davlatlar bag'oyat qashshoq, ayniqsa tibbiyot va sog'liqni saqlash tizimi rivojlanmagan. Kasalxonalar va klinikalar xorijiy yordamga muhtoj va aynan chet el ko'magi bilan ishlaydi.

AQSh madadni oshirish harakatida. Prezident Barak Obama Ebolaga qarshi kurashga boshchi etib o'z yordamchisi Ron Klaynni tayinladi.

Prezident Obama Amerika epidemiyaga yo'l qo'ymaydi. Kerak bo'lsa, virus tarqalgan davlatlarga safarlar va u yerdan parvozlar man etiladi. Ayrim qonunchilar shuni talab qilmoqda.

Afrika Ittifoqi kasallikka qarshi strategiyaga ega emas. Ebola tarqalgan davlatlarga yordam puli beriladi xolos. Ittifoqqa favqulodda majlis o'tkazib, konkret reja bilan chiqishi kutilmoqda.

Ebolaga qarshi vaksina va dorilar sinovdan o'tkazila boshlagan. Lekin biror yangilik yo'q.

BMT epidemiyani yengish kamida 1 milliard dollar talab qiladi deydi. Hozircha 20 million dollar yig'ilgan xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG