AQSh aeroportlari Ebola balosiga qarshi tekshiruvlarni yo'lga qo'ymoqda

  • Amerika Ovozi

Nyu-Yorkning JFK xalqaro aeroporti, 11-oktabr, 2014

Nyu-Yorkning JFK xalqaro aeroporti, 11-oktabr, 2014

Nyu-Yorkka Gvineya, Liberiya va Siyerra Leonedan uchib kelganlar Ebola kasalligi tekshiruvidan o'tadi. Kennedi xalqaro aerportida jarayon bugundan yo'lga qo'yildi. Boshqa aeroportlarda ham tez orada shunday choralar ko'rila boshlaydi, xususan Nyuvark, Vashington, Chikago va Atlanta.

Afrikadan kelayotgan yo'lovchilarning 90 foizidan ziyodi shu aeroportlar orqali mamlakatga kiradi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga ko'ra, Eboladan o'lganlar soni 4 mingdan oshgan. Shu kungacha 8400 bemor aniqlangan.

Aksariyati Liberiya, Siyerra Leone va Gvineyada. Nigeriyada sakkiz odam, Amerikada esa bir kishi jon bergan. Ispaniya va Senegalda ham bemorlar bor. Kongo Demokratik Respublikasida esa 43 kishi o'lgan.

BMT davosi yo'q bu yuqumli kasallikka qarshi kurash uchun kamida 1 milliard dollar kerak deb turibdi. Hozirgacha shuning chorak qismi yig'ilgan xolos. Ebolaning bosh alomatlari - issiq chiqishi, boshog'riq, butun vujudning zirqirashi, yo'talish, qorin og'rib qusish va ich ketishi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG