Nyu-Yorkda Ebolaga chalingan vrach izolyatsiyada

  • Amerika Ovozi

Doktor Kreyg Spenser davolanayotgan Bellvu kasalxonasi. 24-oktabr, 2014-yil.

Doktor Kreyg Spenser davolanayotgan Bellvu kasalxonasi. 24-oktabr, 2014-yil.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti 2015-yilning ikkinchi yarmigacha Ebola virusiga qarshi vaksinani shay qilish niyatida.

Yuz minglab dori-darmon dozalari tayyor bo'ladi, deydi tashkilot xodimlari.

Vaksinaning bir necha xili hozirning o'zida sinovdan o'tkazilmoqda. Donor davlatlar sinov uchun moliyani ta'minlab qo'ygan.

Kecha, payshanba kuni Nyu-Yorkda Gvineyadan qaytgan shifokorga Ebola tashxisi qo'yilgan. AQShning bu shahrida xavfli virus yuqtirgan birinchi bemor bu.

Nyu-York meri Bill de Blazioning aytishicha, bemor, "Chegara bilmas shifokorlar" a'zosi Kreyg Spenser hozir izolyatsiyada va davolana boshlagan.

Bu orada, Texasning Dallas shahrida Ebola bilan og'rigan hamshira butunlay tuzalgani xabar qilinmoqda.

Ebola asosan G'arbiy Afrika davlatlarida tarqalgan. Gvineya, Liberiya, Syerra-Leone eng ko'p talofat ko'rgan mamlakatlar. O'lganlar 4900 kishiga yaqinlashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG