Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Ebola virusiga davo izlamoqda

  • Amerika Ovozi

Ebola bilan og’rigan odam isitmalab, qayt qiladi, ichi ketib, mushaklari og’riydi, og’iz, quloq va ko’zidan qon oqishi mumkin.

Ebola bilan og’rigan odam isitmalab, qayt qiladi, ichi ketib, mushaklari og’riydi, og’iz, quloq va ko’zidan qon oqishi mumkin.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bildirishicha, xavfli Ebola virusiga chalingan bemorlarga hali sinalmagan dorilarni berish, shu tariqa davo yo’llarini izlash asosli.

G’arbiy Afrika davlatlarini qamragan dard mingdandan ziyod odamni hayotdan olib ketib ulgurgan va uning davosi hali topilganicha yo’q.

Xalqaro tashkilot tavsiyasi shuki, biror dori-darmonni berishdan oldin odamning ruxsatini olish, uning qarorini hurmat qilish nihoyatda muhim.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti dushanba kuni shu mavzuda muhokama o’tkazgan. Bu orada, kasallik tarqalgan davlatlardan biri Liberiya rasmiylarining aytishicha, Amerika kompaniyasi Ebola bilan og’rigan ikki shifokorni davolash uchun tez orada yangi dorini yetkazishi kutilmoqda.

ZMapp nomli dori hali to’liq sinovdan o’tmagan, odam organizmiga ziyon qilmasligi aniq emas. Bu vosita ispan rohibga berilgan, biroq Madriddagi kasalxonaning bugun bildirishicha, rohib hayotdan ko’z yumgan. Amerikalik ikki bemor ham bu moddani iste’mol qilib ko’rgani, ahvoli biroz yaxshilangani aytiladi.

Ebola virusi asosan Gvineya, Siyerra-Leone va Liberiyada tarqaldi. Nigeriya Sog’liqni saqlash vazirligi 10 odamda virus aniqlanganini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG